A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5.2. Cho‘yanIarnlng payvandlanuvchanligi
Vakuumda diffuzion payvandlash. Bu usulda vakuumli kamera,
qizdirish manbayi (yuqori chastotali tok generatori) va bosim hosil qilish uchun gidravlik pressli uskunadan foydalaniladi. Diffuzion payvandlash uchun, yuzalari yaxshilab tozalangan detallar kameraga joylanib, kameraning havosi 10'3 —10"5 mm sim.ust. gacha vakuum hosil bo‘lguncha so‘rib olinadida, detallar bir tekisda qizdiriladi, shundan keyin ulaming payvandlanadigan yuzalari bir-biriga 10 kG/mm2 (100 MN/m2) gacha kuch bilan siqiladi va shu bosim ostida 174 6-15 daqiqa tutib turiladi, natijada o‘zaro singish sodir bo‘lib, detallar payvandlanib qoladi. Bu usuldan metallokeramik qattiq qotishma plastinalarini odatdagi poiatdan tayyorlangan tutqichga payvandlashda, tezkesar, issiqbardosh poiatlarni, aluminiy bilan misni, aluminiy bilan nikelni va umuman, ikki xil metallini bir-biriga payvandlash bilan foyda laniladi. 10.5.2. Cho‘yanIarnlng payvandlanuvchanligi Cho‘yanlami payvandlashdagi qiyinchiliklar ulaming quyidagi xossalari bilan tushuntiriladi. 1. Cho‘yanda oquvchanlik maydonchasining boim asligi va uning plastikligining pastligi uzilishdagi vaqtinchalik qarshilik qiymatiga yetadigan zo‘riqishda darzlar paydo boiishiga olib keladi. Bu zo‘riqishlar detallar quyilayotgan yoki payvandlanayotgan vaqtda bir tekis qizdirilmasligi yoki sovutilmasligi hamda buyumlami ishla- yotgan paytda vujudga kelishi mumkin. Darzlar payvandlash jarayonida hamda payvand buyumni sovutishda asosiy metallda ham, chok metalida ham hosil boiishi mumkin. 2. Tez sovitilganda cho‘yanning martensit, beynit va troostitning mo‘rt strukturalarini hosil qilib toblanishga moyilligi. Toblangan qismlarda cho‘yan qattiq (800 B) b o iib qoladi va unga mexanik ishlov berib boim aydi. Toblash strukturalari yana avval ichki zo‘riqishlami paydo qiladi, ular esa darzlar hosil boiishiga olib keladi. 3. Payvandlash joyi tez sovutilganda cho‘yanning oqarishga moyilligi odatda, payvand chok chegarasida va buyum metalida oqargan yupqa qatlam yuzaga kelishiga sabab boiadi. Oqargan bu qatlamning plastikligi payvand birikmaning boshqa qismlariga nisbatan past bo iad i va payvand birikmaning sovitilishidan hosil boiadigan cho‘zuvchi kuch ta’sirida u suyuqlantirib qoplangan metall bilan birga asosiy metalldan ajralib sinib tushadi yoki oqargan qatlam bilan asosiy metall chegarasi bo‘ylab darzlar hosil boiadi. 4. Suyuq holatdan qattiq holatga o‘tishda cho‘yanlar xamirga o ‘xshash holatda boim aydi. Cho‘yanning bu xossasi uni qiya va tik vaziyatlarda payvandlashni qiyinlashtiradi hamda ship vaziyatda payvandlashga imkon bermaydi. 175 5. G ‘ovaklar hosil bo‘lishiga moyillik. Bu xususiyat cho‘yan- laming past haroratda suyuqlanishi (tarkibida 4,3 % uglerod bor cho‘yanning Tsuyuq= l 142°C, sanoat cho‘yanlariniki, odatda Tsuyuq =1200, 1250 °C bo‘ladi) va uning suyuq holatdan qattiq holatga tez o'tishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun gazlar (asosan oksidlovchi atmosferada hosil boMadigan CO va C 0 2) metalldan ajralib chiqishga ulgurmaydi. 6. Cho‘yan buyumlaming kimyoviy tarkibi, termik ishlanishi va strukturasiga ko‘ra bir jinsli emasligi. Bu payvandlashning turli-tuman texnologiyasi va usullarini qo‘llashni talab etadi. Mayda donli kulrang cho‘yanlar yirik donli cho‘yanlarga nisbatan yaxshi payvandlanadi. Qora cho‘yanlar yomon payvandlanadi, ular singan joyida to ‘q rangli yirik donli tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday cho'yanlar grafitli cho‘yan- lar deb ataladi, chunki ularda jami uglerod erkin grafit ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday strukturali cho‘yanni payvandlashda zarur sifatga ega boMgan payvand birikma hosil qilinmaydi. Mustahkamligi yuqori va mayda donli bolg‘alanuvchan cho‘yan- lar kulrang cho‘yanlarga nisbatan yaxshi payvandlanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling