A yuldashev


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana06.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1694212
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

VII 
bob. JIS M O N IY SHAXSLA RNING DAROMADIGA 
SOLINADIGAN SO LIQ NIN G M OHIYATI VA H ISO B L A SH TARTIBI
l - § . Jismoniy shaxslardan daromad solig‘ining mohiyati, soliq 
to ‘lovchilari va soliq solish obyekti
Fuqarolardan undiriladigan darom ad solig‘i-am alda Jahonning barcha 
mamlakatlarida ayniqsa keng tarqalgan soliq turi. Bozor iqtisodiyoti sha­
roitida har qanday olinadigan darom ad, tekinga olingan narsa va foyda 
soliqqa toitilishi lozim. Hozirgi vaqtda mazkur soliq aholining deyarli 
hamma qatlamlarini qamrab oluvchi, eng yahshi ishlab chiqilgan va bar- 
qaror soliqdir.
0 ‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning daromadlari «O'z­
bekiston Respublikasining Soliq kodeksi»ga muvofiq soliqqa tortiladi.
«O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi»ga binoan moliya yili 
davrida O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya 
yilida boshlanadigan 12 oygacha bo'lgan istalgan davr mobaynida 183 kun 
yoki undan ko'proq muddatga O'zbekistonda yashagan jismoniy shaxs 
0 ‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining rezidenti bo'lgan jismoniy shaxslarga 
O'zbekiston Rcspublikasidagi shuningdek, bundan tashqaridagi faoliyat 
manbalaridan olingan daromadlari bo'yicha soliq solinadi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqarida to'langan jismoniy shaxslar­
ning darom ad solig'i summalari O'zbekiston 
Respublikasidagi soliqni 
to'lashda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq 
hisobga olinadi. Hisobga olinadigan sum m alar miqdori jismoniy shaxslar­
ning O 'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo'yicha hisob- 
lab chiqarilgan daromad solig'i summasidan oshmasligi lozim.
Darom ad solig'i fuqarolar barcha toifalarining manfaatlari bilan bog'­
liq bo'lib, soliqqa tortishning asosiy qoidalarining o'zida ayniqsa to'la ifo- 
dalanadi.
C hunonchi, soliqqa tortish chog'ida ijtimoiy adolatni saqlash maq- 
sadida amaldagi soliq qonunlarida istisno tariqasida bir qancha imtiyozlar 
ko‘zda to ‘tilgan. Xususan, ishsizlik nafaqasi ( 0 ‘zbekiston Respublikasi 
qonunlarida belgilangan hajmlarida), daviat ijtimoiy sug‘urtasi daviat ijti­
moiy ta ’minotiga doir nafaqalar, alimentlar oliy o ‘quv yurtlari, o'rta max- 
sus va hunar-texnika o'quv yurtlari talabalarining stipendiyalari, hunar- 
texnika bilim yurtlari stipendiyalari, shuningdek, pensiyaga qo'shim cha 
to'langan pullar, fuqarolaming xususiy mulkini sotishdan tushgan summa­
lar, tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda hodisalar munosabati bilan beriladi-
52


gan moddiy yordam summalari, shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasi va 
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatlarining qarorlari aso-sida shunday 
yordam ko'rsatilganda va boshqa xollarda to'lanadigan pullar daromad 
solishga tortilmaydi.
Bundan tashqari, soliqqa tortiladigan daromad fuqarolarga to'lanishi 
kerak bo'lgan, lekin ulaming arizalariga ko'ra korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar tom onidan xayriya hamda ekologiya fondlariga, shuningdek, 
qisman yoki to'la-to'kis budjetdan moliyalashtiruvehi madaniyat, xalq ta ’- 
limi, sogiiqni saqlash hamda ijtimoiy ta ’minot korxonalari, muassasalari 
va tashkilotlariga o'tkaziladigan summa miqdorida kamaytiriladi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling