Abdullayeva sarvinoz
va shu kabilarning to’qnashgan chalkashgan yeri yoki dilda to’plangan
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvonch
va shu kabilarning to’qnashgan chalkashgan yeri yoki dilda to’plangan,
ko’ngilga g’ashlik solayotgan, yechilmay bosh qotiradigan narsa ” (O’.T.I.L.II tom.218-bet) ma’nosini, chigal leksemasi esa”chalkashib, murakkablashib ketgan, chalkash” (O’.T.I.L.II tom.365-bet) ma’nosini bildiradi. Ko’rinib turganidek, ushbu sinonimik qatorda tugun leksemasiga nisbatan chigal leksemasida ma’no ottenkasi kuchliroq va bu fikrda ta’kidnianiq ifodalashga xizmat qilmoqda. Shuning uchun kotib dono, idrokligina emas, xati-xush, so’zi go’zalbo’lsin. (Qutadg’u bilig. 60-bet) Ushbu o’rinda sifat so’z turkumiga oid leksemalar bir sinonimik qatorni tashkil etgan. Bunda dono so’zi “aql-zakovatli, donishmand, oqil” (O’.T.I.L.I tom.234- bet) ma’nosini, idrokli esa “idroki bor, tez tushunib oladigan, zehni o’tkir, fahmli, farosatli” (O’.T.I.L. Itom.315-bet) ma’nolari bilan kontekstual sinonimiyani tashkil etgan. Xush,go’zal leksemalari ham shunday munosabatga kirishgan.chunki, bu ikki leksema nutqdan tashqarida boshqa ma’nolarni anglatadi. Xush- “yaxshi, ma’qul, durust” (O’.T.I.L.II tom.342-bet) ma’nosini, go’zal “husni odatdagidan ortiq, xunukning aksi”(O’.T.S.L.223-bet) ma’nosini bildiradi. Shakldosh so’zlarning mazkur holatda kelishi ta’sirchanlikni oshirib, takrorning oldini olishga xizmat qilmoqda. Sinonimlar adibning til imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olish darajasini ko’rsatadigan birlikdir: Sevinch-menda. Emgak menga yaqin yo’lamaydi. Quvonchva shodlikmenda. Qayg’u-g’amlar menga begona. (Qutadg’u bilig. 23-bet) 39 “Xursandchilik his-tuyg’usi, shodlik, quvonch” (O’.T.I.L. IItom.32--bet) ma’nolarida qo’llanuvchi mavhum ot sanaluvchi sevinch,quvonch,shodlik leksemalari mazkur o’rinda bir sinonimik qatorni tashkil etib kelmoqda va estetik vazifa bajarib, fikrda ta’kidni ifoda etmoqda. Sinonimlar badiiy matnlarda badiiy ruhni obrazli va aniq ifodalab, nutqiy rang- baranglikni ta’minlovchi birlikdir. Ular ham asar uslubining bo’yoqdorligini, ham mazmuning to’laligini ta’minlaydi. Bunday holatlarni “Qutadg’u bilig” da ham kuzatamiz: Har bir tabib o’z bilganlartini aytdi. Ular ko’rmagan da’vo, em qolmadi.(Q b. 32-bet) Gapda “bemorning shifo topishi uchun qo’llaniladigan vosita, dori-darmon; umuman shifobaxsh narsa” (O’.T.I.L. Itom. 203-bet) ma’nosini anglatuvchi da’vo, emso’zlarini keltirish bilan, ma’noda rang-baranglik, noziklik, ta’kid ma’nosi ta’minlangan. Bundan tashqari mazkur leksemalar fikrni kuchliroq ifodalashga xizmat qilmoqda. Oyto’ldining rostlik, to’g’rilik qanday bo’ladi degan savoliga Kuntug’di shunday javob beradi: Elig dedi: ko’rgin, to’g’rining o’zi, Tili ham, dili ham bir bo’lar o’zi. (Qutadg’u bilig. 26-bet) Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling