Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
KONTAKTLI PAYVANDLASHDAGI ELEKTR
QARSHILIK Reja 1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari 1.2. Tegish qarshiliklari 1.3. Detallarning o‘z qarshiligi 1.4. Payvandlash joyidagi umumiy qarshilik Tayanch so’z va iboralar: Joul-Lens qonuni, issiqlik manba, umumiy qarshilik, aktiv qarshilik, tegish qarshilik, detallarning o‘z qarshiligi 1.1. Kontaktli payvandlashda issiqlik manbalari Kontaktli payvandlashda detallar payvandlash joyi orqali o‘tkaziladigan elektr toki bilan qizdiriladi. Joul-Lens qonuniga muvofiq, elektr zanjirning aktiv qarshiligi R EE elektrodlar orasidagi qismida Q EE issiqlik ajralib chiqadi, shu tufayli metall payvandlash joyida zarur haroratgacha qiziydi. Payvandlashda issiqlik ajralish sharoiti uzluksiz o‘zgarib turadi, chunki R EE va I pay o‘zgaradi, shu bois Joul-Lens qonuni ushbu hol uchun differensial shaklda ifodalanadi: Q EE = pay t EE pay dt t R t I 0 2 ) ( ) ( . Nuqtali va chokli payvandlash uchun R EE detal - detal R DD elektrod – detal R ED tegish qarshiliklari va detallar metallining o‘z qarshiligi R D dan iborat bo‘ladi: D ED DD EE R R R R 2 2 . Uchma-uch payvandlashda qiymati kichikligi va tegish joyidan ancha uzoqdaligi uchun R ED qarshilik umumiy qarshilikda hisobga olinmaydi: 5 D ED EE R R R 2 . 1.1-rasm. Payvandlash joyining umumiy qarshiligi: a – nuqtali payvandlashda; b – uchma-uch payvandlashda; d – payvandlash joyining ekvivalent elektr zanjiri. Kontaktli payvandlashda qizdirishning o‘ziga xos xususiyatlari: 1) aktiv qarshilik nisbatan uncha katta bo‘lmaydi; 2) tegish qarshiligi mavjud bo‘ladi; 3) qizish vaqtida issiqlik elektrodlar va atrofdagi metall orqali jadal chiqib ketadi; 4) tok o‘tadigan kesim ancha o‘zgarib turadi. Qizish sharoitiga harorat ko‘tarilishi, qattiq eritmalar hosil bo‘lishi yoki parchalanishi, plastik deformatsiya, sirtqi effekt va hokazolar oqibatida metallning solishtirma qarshiligi o‘zgarishi kuzatiladi va bu ham o‘z navbatida ta’sir ko‘rsatadi. Kontaktli payvandlashda umumiy qizishga Pelte effekti ta’sir qiladi. Effektning mohiyati quyidagilardan iborat: metallarda elektronlarning o‘rtacha energiyasi har xil bo‘ladi va uning qizishda o‘zgarishi ham turlicha bo‘ladi. Bu energiya qattiq, toza erigan holatdagi metallarda har xil bo‘ladi. Agar har xil yoki qattiq yoki erigan holatdagi metallarning tegish joyi (kontakt) orqali elektr toki o‘tkazilsa, u holda elektronlarning o‘rtacha energiyasiga qarab tegish joyida issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. 6 Pelte issiqligi I pay va t pay ga mutanosib bo‘ladi. Bu issiqlikning energiyaning umumiy balansidagi ulushi odatda 5-10 % dan ortmaydi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling