Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


qiroat, teorema, diagramma, muammo, aerodrom


Download 6.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/107
Sana02.11.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1740289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

qiroat, teorema, diagramma, muammo, aerodrom.
34-§. Adabiy nutqda urg‘uning ahamiyati oshdi, tabiati 
o ‘zgardi. M asalan, ukademik (sifat), akademik (ot), atlas (mato), 
atlas (xarita turi), partiya (firqa), partiya (qur).
35-§. Adabiy nutqda so ‘z yasash imkoni oshdi. --ov, -yev,ova,
- yeva - familiya yasovchi qo'shim chalar kirib kcldi. -ovich, -  
yevich, -ovna, - yevna kabi ota ismiga qo‘shiluvchi yasovchi 
qo‘shimchalar o ‘zlashdi.
36-§. Chet so‘zlarga - la, -lash, -lashtir, kabi o 'z tilga oid 
yasovchi q o ‘shimchalar q o ‘shib so ‘z yasash yuzaga keladi. 
Loyihala, 
ta ’mir/a, 
melioratsiyalash, 
irrigatsiyalash, 
faollashtirish, 
investitsiyalashtirish, 
moliyalashtirish, 
elektrlashtirish va b. Chet so‘zlardan analitik shakl yasash ancha 
faollashdi. Sintez qilish, razvedka qilmoq, bombardimon qilmoq, 
tasarruf etish, iste ’mol qilish, andoza olish, benzin quyish. Adabiy 
nutqda yangi sintaktik konstruksiyalar paydo bo‘ldi: ekran 
qarshisida, omma oldida, zamon talabi, davr bilan hamnafas, o 'z 
ustida ishladi29 *.
*.:.so‘z berdi. tomoniar kelishib olishdi, ... masala ko"rib chiqildi. jahon andozalari asosida. 
innovatsion tcxnologiyalarga layanib, yilning eng yaxshi filmi, fuqarolik jamiyati. haquqiy davlat. 
aybsi/lik pridumpsiyasi, parlament 
boshqaruvi. 
prezidentlik boshqaruvi va b.


37-§. Jins tushunchasini ifoda etish shakli paydo b o ‘ladi: Umid 
(a), Salim(a), Latif(a), T o‘rayeva Nazokat Hamidovna. “Yilning 
eng faol jurnalisti - 2008”, “Hamma - hasharga”, “Dalada - ish 
qizg‘in”, '‘Paxta - 2016”, “ Diqqat - bolalar” va h.
Yuqorida aytib o ‘tilganlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, 
muharrirlik mahoratini belgilovchi omillardan y a’ni komil tahrirchi 
b o ‘lishning birinchi sharti, boshqacha aytganda, komillikning 
birinchi bosqichi, bu - adabiy nutq sohasi. Vaholanki, hozirgi 
o ‘zbek adabiy nutqi o ‘z rivoji tarixida qadimgi turkiy adabiy nutq, 
eski o ‘zbek adabiy nutqi kabi rivojlanish bosqichlaridan o ‘tib 
takomillashib kelgan.
Demak, komil tahrirchi b o iish n i istagan har bir muharrir yoki 
matn tuzish, tahrir bilan shug‘ullanuvchi qadimgi turkiy adabiy 
nutq leksikasi,uning yangi so‘z yasalishidagi ichki imkoniyatlari 
(xususan, unga xos yasovchi qo‘shimchalami) yaxshi bilishi, 
bugungi kundagi adabiy nutqda qoMlanayotgan qadimgi turkiy 
adabiy nutqqa xos termin (so‘z)larning tub m a’nosidan yaxshi 
xabardor bo‘lishni talab etiladi. Bundan tashqari eski o ‘zbek adabiy 
nutqi leksikasi, so‘z yasovchi qo‘shimchalari, yangi so‘z hosil 
qilish usullari, umuman, o ‘z qatlamga oid barcha til hodisalari va 
ulam ing adabiy nutqni yuzaga kelishidagi ahamiyatini yaxshi 
c'zlashtirishi kerak. Shuningdek, eski o ‘zbek adabiy nutqiga 
boshqa qardosh va qardosh b o ‘lmagan tillardan o ‘zlashgan tennin 
(so‘z)lar, so‘z yasovchi q o ‘shimchalar etimologik m a’nosidan 
yaxshi xabardor b o ‘lishi lozim. Bundan tashqari ular bizning 
adabiy nutqimizda qo‘llanishi o‘rinlimi yoki o‘rinsizmi, qay 
darajada maqsadga muvofiqligini anglay bilishi kerak.
Nihoyat hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi, uning fonetikasi
leksikologiyasi, morfologiyasi va sintaksisidan chuqur bilimga ega 
bo‘lishi shart. Vaholanki, hozirgi o ‘zbek adabiy nutqi ikki 
o ‘tmishdoshiga nisbatan o ‘z lug'at tarkibining nihoyatda boyligi, 
ya’ni so‘z yasalish va hosil b o ‘lish imkoniyati kengligi bilan ancha 
farqlanadi. Uning lug‘at tarkibida arab, fors tillaridangina emas, 
balki, Yevropa xalqlari adabiy nutqidan ilm, fan, texnika, san’at, 
ta’lim, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, harbiy, adliya,
88


davlatchilik, iqtisod va boshqa sohalarga oid kirib kclgan hamda 
kelayotgan k o ‘plab termin (so‘z)lar uchraydi. Ulami adabiy nutqga 
o^zlashtirish qay darajada maqbul ekanligini limiy asoslay olish 
lozim. Bular barchasini chuqur anglash uchun adabiy nutq ilmini 
puxta bilish shart.
Demak, komil tahrirchi boTish uchun birinchi bosqich -- 
o ‘zbek adabiy nutqi bosqichini mukammal o ‘tash lozim. Har bir 
muharrir mahoratli tahrirchi bo‘lisbi uchun hozirgi o'zbek adabiy 
nutqini tashkil etuvchi quyidagi b o ‘limlar b o ‘yicha bilimlami 
yaxshi o ‘zlashtirishi talab etiladi:
- hozirgi o ‘zbek adabiy nutqining yuzaga kelishi, tarixiy 
taraqqiyot bosqichlari;
- hozirgi o ‘zbek adabiy nutqining tovush tizimi (fonetikasi);
- adabiy nutq asoslangan yozuv;
- adabiy nutqdagi to ‘g ‘ri yozish qoidalari;
- adabiy nutqdagi to ‘g ‘ri talaffuz;
- adabiy nutq so ‘z boyligi (lug‘at tarkibi);
- adabiy nutqdagi frazeologizmlar;
- umumiy, maxsus, taijirna lug‘atlar, o ‘z til lug'atlari;
- adabiy nutq morfemikasi;
- adabiy nutqda so‘z yasalishi;
- adabiy nutq morfologiyasi;
- adabiy nutqdagi so‘z turkumlari;
- adabiy nutqdagi k o ‘makchi, bog‘lovchi, yuklamalar;
- adabiy nutqdagi tinish belgilar, u rg ‘u va bo‘g ‘in ko'chirish.
Yuqorida qayd etilganlar bo‘yicha puxta bilimga ega b o ‘lgach
muharrirlik mahoratiga ega b o ‘lishning ikkinchi bosqichiga
o‘tiladi. Agar birinchi bosqich b o ‘yicha bilimga toMiq ega 
b o ‘linmasa, ikkinchi bosqichdagi bilimlami o ‘zlashtirish amri 
mahol!

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling