Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
ко ‘p, juda, о ‘ta, haddan ziyod, mo
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
ко ‘p, juda, о ‘ta, haddan ziyod, mo 7; fa rg \ shev. - ravish vazifasini
bajaradi: Toza keldingizmi? Xorazm shev. - tozalab turmoq - yoshartirib turmoq). K o ‘rinadiki, uch mahalliy shevada ayni bir so‘z uch xil (bir-biridan keskin farq qiluvchi) m a’noda qoilaniladi. Ayni bir sintaktik konstruksiya turli shaklda b o ia d i: keta turib, ketvotib (tosh.sheva); ketyatip, ketayotip, ketatip (farg‘.shevasida). 4-§. Qarindoshlik munosabatiga ko‘ra ayni bir maqomga ega insonni, o'ziga aloqadorligi turli nomda namoyon b o ‘ladi: oyi, opa, ona (tosh.shev.); aba, ena, aya, acha (farg‘.shev); shesha (qipchoq lahja); ada, doda, ota (tosh.shev); dada, ota (farg‘.shev). Shu va boshqa turlicha til hodisalari mavjudligi ayni bir tildagi turli lahja va sheva vakillari nutqini ham og‘zaki, ham yozma ko'rinishda bir xilga keltirish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ana shu, umumxalq tilining qayta ishlangan, silliqlangan va muayyan m e’yorga solingan (liar bir lahja va sheva vakili uchun qaysidir darajada odatiylikdan uzoqlashgan) shakli adabiy nutq tarzida umumqabul etiladi. 5-§. Adabiy nutq umumxalq tiliga oid lahjalar, ulaming s’nevalarini ilmiy-fonetik, leksikologik va grammatik m e’yorlar asosida umumlashtiradi hamda umumxalq tili vakillari uchun birdek tushunarli shakl oladi. 6-§. Adabiy nutq tushunchasi, odatda, uslublar tushunchasi bilan bog‘lanadi. Ammo bu b ogianish bir tomonlama, Chunki nutqdagi uslublaming o ‘zi adabiy nutq ko‘rinishlari hisoblanadi. Ular adabiy nutq rivoji tarixida shakllangan muayyan belgilar majmuidan iborat boMadi. M azkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin bu takroriy belgilarning m a’lum shaklda birikishi va vazifasining o‘ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi. 92 Uslubiyat nima? Uning boshqa filologik fanlar bilan aloqadorligi qanday? Jurnalistika fakulteti talabalariga uslubiyat fanini o'qitishdan maqsad nima? Fanning vazifasi qanday? Bu va boshqa savollarga biz quyida to'xtalib o ‘tamiz. Uslubiyat nutqiy (og'zaki va yozma) muloqot vaqtida til (til birliklari va kategoriyalari)dan foydalanish haqidagi fandir. Uslubiyatda, asosan, “til birliklaridan foydalanish yoki “til birliklarining muayyan vazifani bajarishi haqida so ‘z boradi. Ana shu vazifa bajarishligiga ko‘ra, u funksiyaviy (vazifaviy) uslubiyat deb ataladi. “Til vositalaridan foydalanish ... ga tildan foydalanuvehi y a’ni nutq egasi nuqtayi nazaridan qarash lozim. Til vositalari muayyan vazifa bajarar ekan, nutq egasining maqsadiga ko‘ra, m a’lum o ‘zgarishlarga uchraydi. Bu o ‘zgarishlar ayrim til birliklari, kategoriyalari, so ‘zlar guruhi, grammatik shakllar, konstruksiyalar (tuzilmalar) va fonemalarda yuz beradi. Uslubiyat tilshunoslik fanlari orasida alohida o ‘rinni egallaydi. Boshqa tilshunoslik fanlari tilida nima borligini o ‘rgansa, uslubiyat til birliklari va kategoriyalardan qanday foydalanishini tadqiq etadi. Nutq (og‘zaki, yozma)da fikr, his-hayajon, fikr almashish, infonnatsiya yetkazish qanday keehadi, mana shular uslubiyatning mohiyatini tashkil etadi. Bir so‘z bilan aytganda, harakatdagi tilni o ‘rganadi. Tilda shakllangan birliklar va kategoriyalar nutqiy muloqot jarayonida quyidagilarga b o g iiq ravishda muayyan funksiya (vazifa)ri bajaradi: . - xabarlar mazmuniga; - matn (umumiy nutqiy muloqat)ga; nutqiy muloqot amalga oshirilayotgan sharoitlarga. Tilning qanday vositalari birikmaga kirishishi, bir-birlari bilan b o gianishi bir-biriga moslashishi, muloqot sohasi, nutq shakli (og‘zaki, yozma), matn mavzusi, muhokamaning mohiyati, “gaplashish” va h.k. ga ko‘ra, uslubiyat quyidagilami aniqlashtiradi: 93 - tildan kishilaming birgalikda faoliyat olib borishlari, ish yuritishlari. umuman, turmush kechirishlari kabi jamiyatning muhim ehtiyojini qondirishda qanday foydalanilishini; - har bir til birligi qanday vazifani bajarganligini; - muayyan matn tarkibida (yoki muayyan matn turida), u yoki bu muloqot sharoitda til birliklari mutanosiblashishi yoki bir-biriga ta ’sir ctishini; Uslubiyat tilidan foydalanish masalasini aniqlashtiradi, tadqiq etadi. Bu uning predmetini tashkil etadi. Uning tilshunoslikning boshqa fan sifatidagi mazmun va mohiyatini tashkil etadi. Ana shunga k o ‘ra, uslubiyat tilshunoslikning funksiyaviy- kommunikativ (vazifaviy-muloqot) turi hisoblanadi va nutq madaniyatini, ortologiya (to‘g ‘ri nutq haqidagi fan)ni, til m e’yorlari to ;g ‘risidagi m a’lumotni, ijtimoiy lingvistikani, adabiy nutq nazariyasini o ‘z ichiga oladi. Uslubiyatga oid m ashg‘ulotlarda quyidagilarni a ’lo darajada bilish (o‘rgatish) nazarda tutiladi. 1. Til “materiaF’ini, kategoriyalarini birliklarini - uning tizimini tashkil etuvchilami; 2 . 0 ‘zbek tili fonetikasi, leksikasi, grammatika (morfologiya sintaksis) si, frazeologiyasi, so‘z yasalishi va b. ni; 3. Uslubga ko‘ra, ega va kesim moslashuvini. 4. Sodda va qo'shm a gaplar tuzilishini. 5. Tildagi obyektiv va subyektiv munosabami. 6. 0 ‘timli va o ‘timsiz fe’llami. 7. Qaratqich va tushum kelishiklarining farqini. 8. Mavhum otlar, shakllar omonimiyasi va h. ni. Uslubiyatda, avvalo, mikromatn, shuningdek, muallifning umumiy fikri, kontekst ta’siriga ko‘ra tahsil etilayotgan matnda til birikmalari foydalanishdagi m e’yordan chetlanish - (sintaktik konstruksiyalardagi kamchiliklar, frazeologizmlaming xato qoTlanganligi, so‘zlaming birikmaga noto‘g ‘ri kiritilganligi, so'zning o ‘z m a’nosida q o ‘llanilmaganligi, m a’no bo‘yog‘idan noto g ‘ri foydalanilganligi e ’tiborga olinadi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling