Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


Download 6.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/107
Sana02.11.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1740289
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

VA A D A B IY N U TQ
Reja:
1. Xalq tili, milliy til, uning o ‘z.iga xos ji hat lari.
2. Adabiy nutq xalq tili asosida yuzaga chiqqan nutq 
ко

rinishi.
3. Xalq tilidagi lahja, shevalar oddiy so'zlashuv uslubi 
sifatida.
4. Talaffuzning ikki turi
-
ikki nutqiy ко ‘rinishi.
5. Adabiy nutq umummilliy ham o g ‘r.aki ham yozm a nutq 
sifatida.
6. Adabiy nutq lu g ‘at tarkibining boyish imkoniyatlari.
1-§. Til - insonlarga Tangri taolo tomonidan berilgan 
m o‘jizaviy muloqot, muomala vositasi. Til tafakkur bilan 
chambarchas bog‘liq. U nutqda ayonlashadi va mavjud bo‘ladi. 
Muayyan xabar, m a’lumotni saqlash va yetkazishning muhim 
ijtimoiy vositasi hisoblanadi. lnson ongiga ta’sir etish. uni 
boshqarish vositalaridan biri. Jahondagi tillar tuzilishi, lug‘at 
tatkibi va boshqa jihatlariga ko‘ra farqlarmdi. Zamonlar o'tishi 
bilan til ham o ‘zgaradi, ayrimlari (o‘lik tillar) iste’moldan qoladi.
2-§. Turkiy-o'zbek tili - turkiy tillar oilasiga mansub. 0 ‘zbek 
tili ko‘p sheva va lahjalarga ega. Shulardan eng asosiysi - qarluq 
shevasi. 0 ‘zbek tili deganda, uning barcha shevalari, shevalar 
ichidagi lahjalari, ayrim shahar, qishloqqa xos so ‘zlashuv tili, 
jargonlar nazarda tutiladi. Hozirgi o ‘zbek tili o ‘z taraqqiyoti 
tarixida uchta bosqichni o ‘tagan va nomlangan: qadimgi turkiy til; 
eski o ‘zbek tili; hozirgi o'zbek tili. Qadimiy turkiy til, eski o ‘zbek 
tili tarqalish darajasiga ko‘ra, ulkan hududda iste’molda bo‘lgan, 
hozirgi o ‘zbek tili 1924 yildan boshlab bugungi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hududi bilan cheklanib qolgan.
76


3-§. 0 ‘zbekiston Rcspublikasi hududidagi tub aholining 
ko‘pchiligi qarluq-chigil-uyg‘ur lalijasida va uning shevalarida 
so‘zlashadi, o ‘g ‘uz va qipchoq lahjasi va uning shevalarida 
so‘zlovchilar ozchilikni tashkil etadi. 0 ‘zbek tilining bunday k o ‘p 
lahja, shevalarga bo iin ish ig a asosiy sabab bugunda o ‘zbeklar deb 
ataluvchi xalqning o ‘tmishda turli etnik tarkibga ega bo‘lganligi 
bilan izohlanadi.
4-§.
0 ‘zbek tili lahjalari orasida qarluq-chigil lahjasi va uning 
shevalari 0 ‘zbekiston aholisi so‘zlashuvida yetakchilik qiladi. 
Qarluq-chigil lahjasiga “Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, 
Q o‘qon, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qarshi, 0 ‘sh. M arg‘ilon, 
Jalolobod va boshqa shaharlaming shevalari kiradi” 19.
5-§. Qipchoq lahjasining shevalari ham o ‘ziga xosligi bilan 
ajralib turadi. Unda qadimiy turkiy so ‘z va terminlar anchagina 
saqlanib qolgan. CTzbekiston hududida, asosan, viloyatlar 
tumanidagi kichik shaharlar va qishloq joylarda tarqalgan.
6-§. 0 ‘g ‘uz lahjasi ham o ‘zbek tilidagi asosiy lahjalar qatoriga 
kiradi. U ham bir qancha shevalami o ‘z ichiga oladi. Samarqand, 
Buxoro, Xorazm viloyatlari hududlaridagi aholi so‘zlashuvida 
kuchli seziladi.
7-§.
So‘zlashuv nutqida lahjalar va ularning shevalari to‘liq 
namoyon b o ia d i. 0 ‘zbek xalqining so'zlashuv nutqi nutq egasi 
qaysi lahja va yoki uning muayyan shevasi vakili bo‘lsa, erkin, 
asrlar mobaynida tabiiy, hech qanday cheklovlar, shakllarga 
bo‘ysunmaydigan shu lahja, shevaga xos talaffuzda so‘zlaydi. 
Masalan:
l.Q arluq-chigil-uyg‘ur lahjasining Toshkent - poytaxt shahar 
shevasi o ‘z unsurlari bilan alohida ajralib turadi. Xususan, bu 
shevada singarmonizm hodisasi deyarli uchramaydi. 7-8ta unli 
tovush saqlanib qolgan. Talaffuzda h tovush yo‘q, x tarzida talaffuz 
etiladi, ba’zi tovushlar ayrim so'zlar tarkibida boshqa tovushga 
aylanadi: a tovushi e ga (oldimde, qaytdimde, vozdimde va h.); a 
tovushi i g a -yu rm idi, bormidi, bo ‘midi va h); к tovusluу  ga (katay,
19
Shoabdurahmonov Sh., Asqarova М., Xojiycv A. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1 qism . —Т.: 
0 4qituvchi, 1980.-21-b.

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling