Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari


Padidor forscha ko‗ringan, paydo bo‗lgan; padidor bo„lmoq –


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana31.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1145081
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
pdf

Padidor forscha ko‗ringan, paydo bo‗lgan; padidor bo„lmoq – ko‗rinmoq. 
Bu holatda chayqaldi daryoli jarf, 
Padidor bo‗ldi nahangi shigarf. (―Saddi Iskandariy‖) 
Payom forscha xabar, darak, ma‘lumot. 
Ne til bila de, yetur salomim, 
Yo bo‗ylavu bo‗yla de payomim. (―Layli va Majnun‖) 
 
Pech forscha egilgan, xam, kaj; pechu tob – majoziy azob, ranj, alam, iztirob. 
Gisu kibi pechu tob topti, 
Tob ichra o‗zin xarob topti. (―Layli va Majnun‖) 
 
Pomol forscha xarob, nobud; oyoq osti. 


Jonim eshigida ayla pomol
Ko‗nglumni itining olig‗a sol. (―Layli va Majnun‖) 
 
Po‟ya forscha yugurish, yelish, chopish; tez sur‘at; tez sur‘at, tezkorlik, 
shoshilishlik. 
Ey po‗yada markabingg‗a ta‘jil, 
Olingda haqir payki Jabrail. (―Layli va Majnun‖) 
 
Ravon forscha 1. yuruvchi, o‗tuvchi, ketuvchi. 
Ul dashtdin etdilar ravon ko‗ch, 
Qilg‗on kibi hajga karvon ko‗ch. (―Layli va Majnun‖) 
 
2. tez, jadal, shoshilinch. 
Ravon, e Qutb, tarkin kech bo‗lur bil, 
Ne bilgaylar seni, so‗zlatmasang til. (―Xusrav va Shirin‖) 
Ramidadilliq qo‗rqoqlik, qo‗rqoq ko‗ngillik, hurkaklik, yuraksizlik. 
Ko‗p bo‗yla qilib ramidadilliq


O‗pti oyog‗in tilab bihilliq. (―Layli va Majnun‖) 
Riyoh arabcha birligi riyh – shamol, yel; hid. 
Soldi aning riyohi idbori, 
Har kishi kelmasini bor sori. (―Sab‘ai sayyor‖) 
Roy arabcha fikr; tadbir, reja. 
Roy ko‗p urdilar tuzub mahfil, 
Shahsiz o‗lsa sipoh yo‗q hosil. (―Sab‘ai sayyor‖) 
 
Roh forscha yo‗l; roh chekmak – yo‗l olmoq. 
Oramg‗a saddu roh chekti
Layli eliga sipoh chekti. (―Layli va Majnun‖) 
Ro„zi o„lmoq – erishmoq, amalga oshmoq. 
Ki chekilgay bu intiqom oxir, 
Ro‗zi o‗lg‗ay bu nav‘ kom oxir. (―Sab‘ai sayyor‖) 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling