Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Nazar Eshonqul hikoyalari


Download 112.15 Kb.
bet15/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Nazar Eshonqul hikoyalari

O`zbek hikoyachiligida modernizm yo`lini boshlab bergan adiblardan biri Nazar Eshonqul. U 1962 yil 15 iyunda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlog`ida tug`ilgan. 1986 yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Dastlabki asari-“Urush odamlari”(1988). Shundan so`ng yozuvchining “Momoqo`shiq”(1989),”Maymun yetaklagan odam” (2001),”Shamolni tutib bo`lmaydi” (2004), “Yalpiz hidi”(2008) kabi kitoblari nashr etilgan.

Yozuvchining “Maymun yetaklagan odam” hikoyasi kitobxonlarda katta qiziqish uyg`otdi. Asarda hayotda adashgan, umrini soxta shon-shuhrat, aldovlarga ishonib o`tkazgan, umri poyonida qarovsiz ahvolga tashlab qo`yilgan insonning samarasiz o`tgan hayotidan hikoya qilinadi. Adabiyotshunos U. Normatov bu haqda shunday yozadi. ”80 yillar oxirlarida tengdosh, umri asrning alg`ov-dolg`ovlari, bema’ni maqsadlar yo`lda o`tgan, adashgan odamning fojeiy qismati betakror tarzda ifoda etilgan edi. Hikoya qahramoni muyqalami tomonidan yaratilgan o`z ijodiy-ijtimoiy faoliyati ibtidosi va intihosiga daxldor ikki badiiy polotno-qorong`u to`qayzordan “nurafshon maskan” sari maymun yetaklab chiqayotgan navqiron shijoatkor yigit va qari maymun yetagida to`qayzor tomon qaytayotgan munkillagan chol surati, ayni o`sha ramziy-simvolik timsollar tashiydigan ma’noning teran va ko`lamdorligi, qahramon hayot yo`lining chuqur tahlili-bu asarni jahon novellistikasining eng yaxshi namunalari qatoriga qo`shish uchun izn beradi”. Hikoyada cholning san’atdan yaxshigina bilimga ega rassom ekanligi aytib o`tiladi. Ammo cholning chizgan aksariyat suratlari hayoti manzaralari kabi rangsiz va mavhum edi.Cholning chizgan suratlariga turli sanalar qo`yilgan.1937.1947.1957. Agar diqqat qilinsa bu sanalar tariximizning qonli sahifalari – qatag`onlar davrini eslatadi. Rassom chol chizgan suratlari orqali o`tgan umrini, bemaqsad va besamar o`tgan hayotini taftish qiladi.Rassom umri poyonida bir vaqtlar o`zi e’tiqod qilgan g`oyalarning tagzamini puch ekanligini anglaydi.

Suhbatdoshining e’tiqod haqidagi fikriga e’tiroz bildirib shunday deydi:”-E’tiqod!- dedi g`ussali ohangda,- agar bir umr e’tiqod qo`yib, shunga ishonib, kurashib yonib-kuyib yashasangu, bir kuni e’tiqod qo`ygan narsangiz puch, yolg`on va puflab shishirilgan sharday omonat, siz ezgulik deb sig`ingan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz bunday demasdingiz...”. Cholning qismati totlitar tuzum davrida soxta shon-shuhrat, mansab-amallarga aldanib, yolg`on g`oyalarga aldangan minglab, millionlab odamlarning qismati edi.

Adibning “Shamolni tutib bo`lmaydi” hikoyasi ma’noning ko`lamdorligi, badiiy ruhiy tahlilning teranligi bilan “Asrga tatigulik kun”dagi Nayman ona, “Chol va dengiz”dagi qariya obrazlariga tenglashtiriladi. Yozuvchi asar qahramoni Bayna momoning uzoq davom etgan fojeiy, motamsaro, ayni paytda mardona hayot yo`lini o`ziga xos yo`sinda hikoya qiladi. Hikoya qahramoni Bayna momo boshiga tushgan ko`rguliklardan qanchalik o`rtanmasin, undagi qosos tuyg`usi hayot qarama-qarshiliklarini yengib o`tishga yordam beradi. Bayna momo eri Raim polvonning quloq sifatida nohaq ta’qib etilishi, mol-mulki tortib olinib o`g`li bilan birga itday xor bo`lib otilishida Zamon otboqarga izn bergan hamqishloqlarini kechirmaydi. “Bu qishloqning ayollari endi faqat hezalak tug`adi”deya masxara qilib, ulardan yuz o`giradi. Bayna momoning Zamon otboqardan qasos olish epizodi hikoyada ochiq berilmay, sahna ortida kechadi. Biroq o`sha kungacha bo`lgan davrda momoning boshidan kechirgan musibatli kunlari kitobxon qalbini larzaga soladi. Muallif momoning boshidan kechirgan mungli kunlar xotirasini shunday yodga oladi.”Bayna momo har kecha ko`z yoshlari bilan to`lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o`g`lining ilma-teshik bo`lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to`lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho`l bo`lib ketgan yostig`ini xuddi qadim ajdodlarning unut yalovida yuyining oldidagi....baland tolga osib, oftobda quritardi...”. Bayna momo obrazi milliy hikoyachiligimizda keyingi yillarda yaratilgan eng xarakterli timsollardan biridir.

N. Eshonqulning “Ochilmagan eshik” hikoyasi turmush qurib hayotdan baxt topa olmagan kelinchakning erta xazon bo`lgan umri haqida. Baxt qasrini qurmoqchi bo`lgan kelinchakka baxt eshiklari ochilmadi. Kelinlikning sho`x-shodon bahori oradan uch-to`rt yil o`tib o`tmasdan kuzga aylandi. Dunyoda sig`ingani, birdan-bir xazinasi – erisha hardan boshqa bir ayol topdi. Kelinchakni rashk azobi adoyi tamom qildi. Adoqsiz hijron tunlari alamini ko`zyoshlaridan oldi. Kelinchak o`zini kamsitilgandek his qildi. Bu dunyoga kelib uni mani ko`rdi. Uy va dala orasidagi adoqsiz mehnat, erining unga nisbatan beparvoligi, qo`ni qo`shnilarning mish-mishlari kelinning bir dardini ming dardga aylantirdi. Shunchalik yo`qotishlarga qaramasdan u xazonlar orasida qolib ketgan ilk muhabbatini axtaradi. Adib o`ziga xos o`xshatishlar, ruhiy tahlil asosida kelin va kuyov o`rtasida bir paytlar omonatga qurilgan muhabbat rishtalarining parchalanish jarayonlari xuddi rassomdek tasvir etadi.”Kelinchak to`rt yilning chang-g`uborlari, yomg`ir-qorlari ostida qolgan, bu uyga endi kelin bo`lib tushgan paytlaridagi erining ehtirosli muhabbatini xuddi o`t-o`lanlar orasidan yo`qolgan ignasini axtarayotgandek, erining kuvko`zlaridan ba’zan sargashta bo`lib izlab qolardi. Lekin suvga tushgan toshdek, bu muhabbat qayoqqadir g`oyib bo`lgan edi”. Muallif kelinchak qalbida kechayotgan ruhiy jarayonlarni mahorat bilan tasvirlay olgan. Kelinchakning orzulari bisyor edi. Afsus, uning orzulari farishtamisol o`zi bilan birga bu olamni tark etdi. Hikoya kitobxonda ma’yus taassurot qoldirsada, chuqur lirizm bilan sug`orilgan. Ayniqsa, asar qahramonining o`z hayotini o`zi taftish qilib, uning ma’nisiz ekanligini anglashi absurd qahramonga xos xususiyatdir. Bunday holatlarni adibning “Bevaqt chalingan bong”, “Xayol tuzog`i”, “Muolaja” hikoyalarida ham kuzatish mumkin.





Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling