Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja


Download 112.15 Kb.
bet16/22
Sana08.01.2022
Hajmi112.15 Kb.
#254908
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Hozirgi o`zbek qissalari

Reja

  • Hozirgi qissachilikdagi yetakchi tamoyillar.

  • Janr tarixi haqida ma’lumot.

  • Qissaning janr mohiyati.

  • Qissa mavzulari tahlili. Tarixiy, detektiv, fantastik, badiiy-tahliliy, biografik qissalar.

  • O`zbek qissalarida qahramon muammosi.

  • Hozirgi o`zbek qissalarida yangicha tamoyillar

Adabiyotlar

  • U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. T., Ma’naviyat.2000.

  • Q. Yo`ldosh. Yoniq so`z. T., Yangi asr avlodi. 2006.

  • H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. T., Yangi nashr. 2010.

  • A. Xolmurodov. Qissada badiiy obraz yaratish mahorati. T., Fan. 2006.

  • A. Xolmurodov. Qissa poetikasi. T., Fan. 2006.

  • Sanobar To`laganova. Yil qissalariga bir nazar.// Sharq yulduzi. 2012. 3-son.

Qissa atamasi arabcha so`z bo`lib, lug`aviy ma’nosiga ko`ra “hikoyat”, “sarguzasht” demakdir. Terminologik ma’noda esa u yoki bu shaxsning hayoti-faoliyatining muayyan davrini badiiy qayta gavdalantirishga asoslangan epik janrni ifodalaydi. O`zining janr xususiyatlari bilan qissa, hikoya va roman oralig`idagi hodisadir. Qissada qahramon hayotining bir bosqichi qalamga olinadi. Roman uchun qahramon vosita, qissa uchun maqsaddir. Shunga ko`ra qissadagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, uning syujeti romanniki kabi ko`p tarmoqli bo`lmaydi. Hozirgi ozbek adabiyotida qissa faol epik janrlardan sanalib, XX asr davomida o`zbek qissachiligi jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Bunda, jumladan, janrning yaxshi namunalarini yaratgan G`.G`ulom, A.Qahhor, O.Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzayev, O`.Hoshimov, M.Muhammad Do`st, E.A’zamov, X.Sulton kabi adiblarning izlanishlari, ayniqsa, samarali bo`ldi.

XX asrning 70-80 yillari o`zbek nasrida qissa janri yetakchi mavqeni egalladi. N. Aminov, S. Sityoyev, Sh. Xolmirzayev, O`. Hoshimovlar kabi tajribali ijodkorlar qatoridan E. A’zamov, M.M.Do`st, T. Turod, X.Do`stmuhammad, X. Sultonov, G`. Hotamov keyinchalik, A. Sayidov, Bahodir Murod Ali, Sh. Bo`tayev kabi iste’dodli ijodkorlar o`rin oldi. Bu uch avlod zamonaviy o`zbek qissachiligiga yangi mavzu, yangi qahramon, yangicha talqin va o`ziga xos kontseptsiyalarni olib kirdi.

Mustaqillikdan keyingi yillarda yaratilgan qissalar orasida E.A’zamning “Shoirning to`yi”, “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissalari ajralib turadi. “Shoirning to`yi” qatag`on qilingan shoir haqida yozilgan asar. Ammo unda aniq bir shoirning nomi tilga olinmaydi. Asarda butun boshli millat, uning shuncha ziyolilari orasidan hech kimga ot qo`yilmagan. Qissani o`qish jarayonida kitobxonda qiyofasidan ajralgan, otini yo`qotgan, bir-birining yuziga qarab yolg`on gapiradigan, talantli farzandlarini qobiliyatsizlarga qurbon qilib, ularga bo`ysunadigan ommadan yozg`irish hissi paydo bo`ladi. E. A’zamning mahorati shundaki, u o`qtin-o`qtin tashqaridan qaraganda hammasi ham qiyofasiz bo`lgan qahramonlarning har biriga xos jihatlarni g`oyat ustalik bilan aks ettira olgan.

Adibning “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasi kechagi kunimizni taftish etishga qaratilganligi jihatidan e’tiborga loyiq. Asarda Buriyo nomli afsonaviy mamlakatning afsonaviy bo`lmagan hayoti jurnalist Baxtiyor va ikki kishilik delegatsiya rahbari – Erkin obrazlarini gohi orqali aks ettirilgan. Qissada Buriyoning dohiysi Xon ManMen, uning inisi va yordamchisi Xon MenManning rahbarligida “nurafshon kelajak” sarida dil borayotgan tilsiz-zabonsiz xalq, uning ma’naviyatini parchalash bilan shug`ullanayotgan qudratli yolg`onchilik mashinasi – mafkuraning yugurdaklari timsollari hajviy yo`sinda juda esda qolarli qilib tasvirlangan.

A. Yo`ldoshevning “Timsohning ko`zyoshlari” asari bugunning belgilari quyuq aks etganligi bilan ajralib turadi. Qissada ismi tabiatiga o`xshash Munis timsoli o`ziga xos chizgilar bilan ishlangan. Qissaning o`quvchi e’tiborini tortadigan jihati uning yumorga yo`g`rilganligidir. Hikoyachining voqelik va personajlarga munosabati hajviy. Ammo asar hajviy yo`nalishda emas. U kulgi tug`dirmaydi. Qissa shunday ruhda boshlanib, shunday ohanglarda yakun topadiki, oqibatda, o`quvchida kulgidan ko`ra yig`iga moyillik uyg`onadi.

Zamonaviy mavzudagi bir necha qissalarda sobiq sho`ro siyosati, bu siyosatning jamiyat moddiy va ma’naviy asosiga yetkazgan ziyoni, mustabit tuzumning illatlari fosh qilinadi. Sh. Bo`tayevning “Sho`rodan qolgan odamlar” nomli qissasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi. Asar hayotda nima maqsadda yashayotgani haqida biror marta ham o`ylab ko`rmagan kishilarning fojeiy hayoti haqida. Qissada sog`lom fikr va pokiza tuyg`ulardan mahrum, faqat buyruqnigina bajaruvchi qo`g`irchoqqa aylangan, qamoqdagi o`z o`g`lini oti bilan emas, xizmat talabiga muvofiq “to`qson oltinchi” deb ataydigan to`nkamijoz nazoratchi va uning atrofidagi odamlar haqida so`z boradi.

Bugungi qissachiligimizga nazar tashlaganda birinchi galda undagi mavzu, muammo, shakliy-uslubiy jihatdan rang-baranglik e’tiborni tortadi; ular orasida tarixiy, zamonaviy, ijtimoiy-siyosiy, oilaviy-maishiy, ishqiy mavzulardagi ham an’anaviy romantik, realistik, ham modernistik, ham jidiiy, ham yumoristik, sarguzasht-detektiv yo`nalishdagi asarlarni ko'rish mumkin.

Xurshid Do`stmuhammadning “Hijronim meningdir, mening...” qissasi bir qarashda bir qarashda an’anaviy liro-romantik yo`sinda bitilgan, asar oshiq va ma’shuqaning ko`ngil rozlarini izhor etuvchi maktub-yozishmalardan iborat. Qissadagi oshiq va ma’shuqalar bir-biriga faqat ezgu tuyg`ularini izhor etadi, sevgi muloqotlari jarayonida ular xayoli, vujudi, boringki butun hayoti bamisoli nurli, musaffo tuyg`ular qanotida sayr etadi; bu nafis, musaffo tuyg`ular ularni insoniy kamolot sari yetaklaydi. Yozuvchi qissada shu sehrli holat-vaziyatni, g`aroyib haqiqatni badiiy kashf etgan.

Qo`chqor Norqobilning “Kulib tur, azizim” qissasi o`zbek nasrchiligida o`ziga xos voqea bo`ldi. Asarning jozibasi shundaki, unda urushning jang maydonlarida qoldirgan asoratlaridan ko`ra ko`ngilda qoldirgan jarohatlari tasviri yetakchilik qiladi. Asarda jang tasvirlari qahramonning ruhiy holatini asoslash, ifodalash uchungina berilgan.

Keyingi yillarda yaratilgan an’anaviy uslubdagi mavzu jihatidan bir-biriga yaqin qissalarga Nilufarning “Beoshyon yaralgan ayol”, A. A’zamning “Hali hayot bor”, A. Ayizovning “Polvon yig`lagan tun”, E. Xudoyshukurning “Polvonning ori”, J. Ergashevaning “Zulfizar”, A. Namozovning “Notanish”, X. Karimiyning “Hurliqo”, B. Qobulning “Ena shamol”, Oq dala”, “O`spirinlik” qissalarini kiritish mumkin. Ularni umumiy holda ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-maishiy mavzudagi asarlar desa ham bo`ladi. A. Abdullayevning “Hazrati Attor” ma’rifiy, F. Salayevning “Uzro” fantastik qissasi ham shu siraga mansub. Noan’anaviy uslubda yozilgan Sh. Turdimovning “Mezon” qissasi yuqorida sanalgan qissalardan uslub va bayon usuliga ko`ra farqlanadi. Qissa janri talablariga ko`ra o`lcham olsak, nafaqat qissalar soni ortdi, balki mazmun salmog` jihatidan yangilanib, ifoda diapazoni kengaydi.


Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling