Algebra, geometriya, matematik analiz


Download 440.1 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi440.1 Kb.
#1613721
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIMI VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI





ALGEBRA, GEOMETRIYA, MATEMATIK ANALIZ” KAFEDRASI

yo‘nalishi




MAVZU: IDEALLAR VA FAKTOR HALQA

KURS ISHI



Bajardi:




Ilmiy rahbar:

Muxamedova G.

Toshkent – 2023



Ideallar va faktor halqa
Reja

  1. Kirish

  2. Halqa va uning turlari

  3. Halqa ideali va faktor halqa

  4. Ideal va uning xossalari

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning 2017-yil 14-martdagi “O’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari muhim omil bo’lmoqda.Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”deb nomlangan kitobi “O’zbekiston”nashriyot-manbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.
Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi.
“Sizning e’tiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman”-deydi prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Birinchi vazifa-maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko’ra, bu yo’nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi.
Ikkinchi vazifa-umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish sifati bilan bog’liq.Zamonaviy o’quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o’rganish vazifalari hali sifatli va to’liq holda yechilgani yo’q”- deb ta’kidladilar.
Ta’limiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keladigan uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko’tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogic vazifalar sifatida kun tartibiga qo’yildi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tajribalarini o’rganish so’nggi yillarda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omil-pedagogik texnologiyalar va ularning imkoniyatlari ekanligini ko’rsatdi. Shu sababli ta’limiy islohotlarning muhim yo’nalishi o’qitish ishlarini tashkil etadigan va barkamol shaxs tarbiyasi uchun mas’ul bo’lgan muassasalar faoliyatiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni samarali tashkil etishdan iborat etib belgilandi.
Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish bilan birga ta’limning mazmunini ham takomillashtirib boorish zaruriyati vujudga keldi.Bu borada birinchi Prezident I.A.Karimovning “Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumoti va malakasini oshirish zarur.O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz.Ammo zamonaviy bilim berish uchun eng avvalo, o’qituvchining o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak”degan so’zlarini keltirish kifoya.
Bu muammolarni hal qilish masalasi pedagog kadrlarni nazariy va amaliy tayyorlash jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan yangi talablarni ilgari suradi. Bu esa o’z navbatida tadqiq etilayotgan muammo dolzarbligini tasdiqlaydi.
Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keldi. O’zining qadr-qimmatini aniqlaydigan irodasi baquvvat, iymoni butun hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarning tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.
Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladigan, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni bo’lmish farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metоdlar, innоvatsiоn teхnоlоgiyalar, pedagоgik va aхbоrоt teхnоlоgiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibоr kundan-kunga kuchayib bоrmоqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan bo‘lsa, zamоnaviy teхnоlоgiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib tоpishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hattо хulоsalarni хam o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaхsni rivоjlanishi, shakllanishi, bilim оlishi va tarbiyalanishiga sharоit yaratadi va shu bilan bir qatоrda bоshqaruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi-talaba asоsiy figuraga aylanadi.
Algebraik materiallarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda ziyraklik, diqqat rivojlanadi. Ular algebraik tushunchalarni tasniflash, tabaqalashtirish, taqqoslashga o’rganadilar. O’rganish malakalarini egallash orqali ularda mustaqillik va ishonch rivojlantiriladi.
Bugungi kunga kelib har bir fan o’qituvchisi kompyuterda mavzuga muvofiq dars materialiga mos keladigan qilib, estetik did bilan o’zi xoxlagandek namoyishlar qilishi, ko’rgazmalar tayyorlashi uchun to’liq imkoniyatlar mavjud. Bundan tashqari hozirda maktablarga barcha fanlar bo’yicha turli mavzularda tayyor dasturlar ham yetkazib berilmoqdaki, bulardan o’qituvchilar unumli foydalanishlari kerak.

Download 440.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling