Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti organik kimyo
Benzol xalqasida yo‘naltirish (orientasiya) qoidasi
Download 0.53 Mb.
|
portal.guldu.uz-ORGANIK KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘p xalqali aromatik birikmalar
Benzol xalqasida yo‘naltirish (orientasiya) qoidasi. Benzol xalqasida boradigan almashinish reaksiyalarining borishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
1) ta’sir etuvchi reagentning tabiatiga qarab elektrofil yoki nukleofil; 2) reaksiyaning sharoiti bilan (harorat, katalizator, bosim va boshqalar); 3) benzol xalqasidagi o‘rinbosarning tabiatiga qarab keyingi kelayotgan o‘rinbosarni aniq holatga yo‘naltirish. O‘rinbosarlar yo‘naltirish xususiyatiga qarab ikkiga bo‘linadi. I-tur o‘rinbosarlarga elektronlarni oson beruvchi (elektrondonor) atomlar guruhi –OH, -NH2, -NHR, -NR2, CH3, -OR, -NHCOR, -I, -Br, -Cl, -F . I– tur o‘rinbosarlari (+I induktiv effektiga) ega. II-tur o‘rinbosarlariga esa benzol yadrosidagi elektronlarni tortuvchi (elektron-akseptor) atomlar guruhi: -COOH, -COOR, -COR, CO, -SO3H, -NO2, -CCl3, -CN, -N+H3, F va boshqalar kiradi. II-tur o‘rinbosarlari (-I) induktiv effektga ega. Benzol xalqasida I-tur o‘rinbosar bo‘lgan paytda (I) keyingi kelayotgan elektrofil zarracha faqat o- va p-holatlardagi vodorod atomiga almashina oladi. Agar benzol xalqasida II-tur o‘rinbosari bo‘lsa keyingi kelayotgan (elektrofil zarracha) yoki o‘rinbosar faqat m-holatda vodorod atomiga almashina oladi. Misol, agar xalqada I-tur o‘rinbosari bo‘lsa, elektrofil almashinish quyidagicha ketadi: Nukleofil almashinish: Agar xalqada II-tur o‘rinbosar bo‘lganda elektrofil almashinish quyidagicha boradi: Nukleofil almashinish: Kelishilgan va kelishilmagan yo‘naltirish qoidasi. Kelishilgan yo‘naltirish kelishilmagan yo‘naltirish U yoki bu moddani sintez qilib olishda, reaksiya sharoitini tanlashda yo‘naltirish qoidasining ahamiyati kattadir. Ko‘p xalqali aromatik birikmalar B unday uglevodorodlar tarkibida bir nechta benzol xalqasi uchraydi, o‘zaro bog‘lanishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 1. Benzol xalqalari oddiy bog‘ orqali bog‘langan. 1.C6H5–C6H5 2.C6H5–C6H5–C6H5 3.C6H5–С6H5–C6H5–C6H5 tetrafenil II. Tutashmagan benzol xalqalari o‘zaro bitta uglerod atomi orqali bog‘langan. Difenil metan: III. Benzol xalqalari o‘zaro ikki uglerod atomi orqali bog‘langan – bularni kondensirlashgan (tutash) benzol xalqali aromatik uglevodorodlar deb ataladi. Naftalin Antratsen Fenantren Benzofenantren Bularning barchasi Xyukkelning aromatiklik qoidasiga javob beradi. Trifenilmetan va uning hosilalari mineral kislotalar bilan rangli tuzlar hosil qiladi. Bu rangli tuzlarda trifenilmetan kationi rang tashuvchi vazifasini o‘taydi. Bunday hodisaga “galoxromiya” deyiladi. qizil rangli tuz Trifenilmetanning oksi va amino hosilalari har xil bo‘yoqlar olishda ishlatiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling