Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
III bo‘lim. Oila tarbiyasi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
III bo‘lim. Oila tarbiyasi
Farzand oila ko‘zgusi (1soat) Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan hikmatli so‘z keng tarqalgan. Bu asrlar davomida tajribadan o‘tgan ayni haqiqatdir. Har bir ota- ona farzandini odobli, ilmli, mehribon bola bo‘lishini xohlaydi. Buning uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshiradi. Farzandiga ta’lim-tarbiya beradi. Ilmli, hunarli inson bo‘lsin deb niyat qiladi. Farzand voyaga yetgani sari oilasida olgan tarbiyasi namoyon bo‘la boshlaydi. Shuning uchun har bir farzand qilayotgan ishiga, so‘zlayotgan so‘ziga, xatti-harakatlariga e’tiborli bo‘lishi kerak. Chunki farzand biron - bir xato ish qilsa, darrov uning ota-onasi surishtiriladi. Oqibatda oilasini sha’niga dog‘ tushib qoladi. Yoki buning aksi. Biron xayrli, savobli ish qiladigan bo‘lsa odamlar darrov unga “Barakalla, ota-onangga rahmat” deb yaxshi tilaklar bildirishadi. Shuni unutmaslik kerakki, ota-ona farzandini orqasidan yaxshi gap eshitadigan bo‘lsa ko‘ngli tog‘dek ko‘tariladi. Farzandi tufayli ko‘rgan qiyinchiliklari rohatga aylanadi. Ammo agar buni aksi bo‘lib, farzandi orqasidan yomon gap eshitadigan bo‘lsa bu ota-ona uchun juda og‘ir musibat hisoblanadi. 23 • Bola aziz, odobi undan aziz. • Yaxshi o‘g‘ildan rahmat yetar, yomon o‘g‘ildan la’nat. Baxtli ota Salohiddin aka kamtarona hayot kechiradi. U Nonvoychilik bilan shug‘ullanib, doimo elning xizmatida. Muloyim, ma’rifatli, halol inson. Uning uchta farzandi bo‘lib, farzandlarining tarbiyasi va o‘qishiga jiddiy e’tibor beradi. Katta o‘g‘li Rustamjon o‘tgan yili tibbiyot oliygohiga o‘qishga kirdi. U kelajakda shikokor bo‘lmoqchi. Bu xabarni eshitgan qishloq ahli juda xursand bo‘ldi. Ikkinchi o‘gli Komiljon esa ota kasbini tanlab nonvoy bo‘lmoqchi. Uning har bir kuni nonvoyxonada o‘tadi. Non yopishning barcha sirlarini o‘rganmoqda. Kichik farzandi Nilufar esa endi beshinchi sinfda o‘qimoqda. Yosh bo‘lishiga qaramay ingliz, rus va arab tillarida ravon gaplasha oladi. Uning orzusi tarjimon bo‘lish. Farzandlari erishgan yutuqlarda Salohiddin akaning xizmati katta. Bugun uni butun qishloq ahli taniydi va hurmat qiladi. Farzandlari erishgan yutuqlari sababli bu xonadon qishloqdagi eng namunali oilalardan biriga aylandi. 24 1.Oilada farzandning burchi nimalardan iborat? 2.Ota-onani nima uchun e’zozlash kerak? 3.Oilani sha’nini saqlash deganda nimani tushinasiz?. Hikmatli so‘zlarni yod oling. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling