Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Savol va topshiriqlar!
 
 
 
 
 
 
 

1.Tabiat ne’matlarini sanab bering?


2.Insonlar tabiatga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
3.Insonni tabiat oldidagi burchlari nimalardan iborat? 
4. “Bulbul” ovchiga nima dedi? So‘zlab bering.
Suvni isrof qilmaslik (2soat) 
Suv tabiat mahsuli bo‘lib inson, o‘simliklar va hayvonlar uchun
hayot manbayi hisoblanadi. Suvni isrof qilmasdan undan oqilona foydalanish
har bir insonning burchi hisoblanadi. Har bir tirik jon uchun suv kerak.
Suv bo‘lsa bog‘- rog‘lar barpo bo‘ladi. Bobo dehqon yerini suv bilan
yashnatadi, mo‘l hosil oladi. O‘simliklar, hayvonlar, qushlar ham suv bor
joyga talpinadilar.
Ota-bobolarimiz suvdan oqilona foydalanishgan. Ariqdagi suvni toza,
ichishga yaroqli bo‘lishini ta’minlaganlar. Bugun ba’zi insonlar ariqlarga,
daryo va kanallarga chiqindilarni tashlab suvni iflos qilmoqdalar. Yoz
kunlari havo harorati ko‘tarilib, suvga ehtiyoj ortadi. Shu vaqrda suvni isrof
qilish holatlari ko‘payib ketmoqda. Ayniqsa toza ichimlik suvini istof qilish
achinarli. Bunga misol, ko‘p qavatli uylarda cho‘milish uchun suvni
meyoridan ortiq ishlatish. Toza ichimlik suvi bilan ekinlarni sug‘orish,
avtomashinalarni yuvish, salqinlatish uchun hovlilarga, ko‘chalarga meyoridan
ortiq suvlarni sepish.
Muqaddas islom dinimizda ham suvdan oqilona foydalanishga targ‘ib
qilingan. Suvni isrof qilishdan qaytarilgan. Kelajakda suv tanqisligidan
ko‘plab davlatlar aziyat chekishi aytilmoqda. Suvga bo‘lgan ehtiyoj tufayli
global muammolar vujudga kelmoqda.


55 
• Toma-toma ko‘l bo‘lur,tommay qolsa cho‘l bo‘lur. 
• Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q. 
Suv – aziz ne’mat 
Suv – tiriklik, suv – hayot, 
Uni asramoq kerak. 
Udir eng aziz ne’mat,
Qadriga yetmoq kerak. 
Suv bilan yashil dalam, 
Suv bilan ko‘rkam olam. 
Suv mo‘l bo‘lsa yo‘qdir g‘am, 
Yo‘qdir qayg‘u, yo‘q alam. 
Daryomi u, soymi u,
Ariq o‘tgan joymi u.
Har nelarni tashlama,
Ko‘ngillarni g‘ashlama.
Suv – halollik, suv – poklik,
Ozodalik va soflik. 
Suvga zor ne makonlar, 
Suvsiz o‘sar tikonlar.
Savol va topshiriqlar!  
1.Suvni inson hayotidagi ahamiyatini aytib bering?
2. Suvni istof qilishga misollar keltiring?
3. Nima uchun suv hayot manbai deyiladi? 
4. “Suv aziz ne’mat” she’rini yod oling.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling