Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Isrofgarchilik, uning ko‘rinishlari (1soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Isrofgarchilik, uning ko‘rinishlari (1soat) Xalqimizda “Tejamkorlar xor bo‘lmaslar” degan hikmatli so‘z keng tarqalgan. Ota bobolarimiz bu hikmatga doimo amal qilib kelishgan. Isrofning har qanday ko‘rinishlariga qarshi bo‘lishgan. Dunyo ne’matlarini qadriga yetish, undan oqilona foydalanish insonning burchi hisoblanadi. Agar kimki isrofgarchilikka yo‘l qo‘ysa, unga odatlansa o‘z burchini unutgan bo‘ladi. Isrof - bu bir narsaning qadriga yetmaslik, uni xor qilish, undan unumli foydalanmaslikdir. Isrofgarchilikning bir necha ko‘rinishlari bo‘lib ular quyidagilardan iborat: ➢ Taomni isrof qilish; 50 ➢ Pulni o‘ylamay ishlatish; ➢ Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni istof qilish; ➢ O‘zgalar mehnatini qadrlamaslik; ➢ Vaqtdan unumli foydalanmaslik. Muqaddas islom dinimizda ham “Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar” deb isrofgarchilikdan qaytarilgan. Afsuski bugun jamiyatimizda, ayniqsa yoshlar orasida ne’matlarni isrof qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Misol uchun maktab oshxonasida, dasturxon atrofida taomlanganda juda ko‘p bolalar taomini yemaydilar. Yoki yesa ham yarmini yeydi. Oqibatda siz uchun tayyorlangan taomlar yeyilmasdan isrof bo‘lmoqda. Ba’zi o‘quvchilar esa taomni haddan ziyod ko‘p istemol qiladi. Bu ham isrofgarchilikka kiradi. Televizor, kompyuter, tabiiy gazni o‘chirmaslik, ichimlik suvi tushadigan suv jumragini berkitmaslik ham isrof hisoblanadi. Yoshlar orasida ota-onasidan har kuni pul oib, pulni isrof qiladiganlar ham yo‘q emas. Bola ota-onasi qiynalib topgan pullarni isrofgarchilikka sarflayotganini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Kim nimani isrof qilsa, bir kun kelib shunga zor bo‘ladi. Dono insonlar har bir narsani qadriga yetganlar. Xatto so‘zlaganda so‘zni ham isrof qilmaslikka harakat qilganlar. Behuda so‘zni isrof deb bilishgan. • Kam-kam yesang doim yersan,ko‘p-kop yesang neni yersan. • Otang mulki bo‘lsa ham ayab ye. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling