Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


VII bo‘lim. Zararli odatlar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

VII bo‘lim. Zararli odatlar 
Yolg‘on so‘zlash va uning oqibatlari (2 soat) 
Yolg‘on so‘zlash inson odobiga zid bo‘lgan, axloqimizda qoralangan
eng yomon illatlardan hisoblanadi. Inson so‘zlayotgan har bir so‘zi uchun
mas’ul hisoblanadi. Ota - bobolarimiz farzand tarbiyasida bolaning rostgo‘y
bo‘lishiga alohida e’tibor berganlar.
Yolg‘on so‘zlash oqibatida haqiqatlar yolg‘onga aylanadi, adolat
mezoni buziladi. Oqibatda yolg‘on so‘zlovchi insonning obro‘si to‘kiladi,
ishonch rishtalari uziladi. Yolg‘on so‘zlaydigan insonning hayotida
xotirjamlik bo‘lmaydi. Bunga misol o‘quvchi ustoziga yolg‘on gapirdi. Ustoz
uning so‘zlariga ishonmasada indamadi. Ammo buni bilib turgan sinfdoshi
seni ustozga aytib beraman desa bormi? Yolg‘oni fosh bo‘lib qolmasligi


48 
uchun sinfdoshining barcha shartlariga rozi bo‘ladi. Qalbida qo‘rquv, hadik
bilan yuradi. Afsuski bugun odamlar orasida yolg‘onchilik, chaqimchilik,
vadaga vafo qilmaslik kabi yomon illatlar ko‘payib bormoqda. Yolg‘onchi
o‘z so‘zini bir-ikki bor o‘tkazadi, keyin yolg‘oni fosh bo‘lib el ichida
sharmanda bo‘ladi. Uning rost so‘ziga ham odamlar ishonmay qo‘yadilar. 
Arastu aytadi: “To‘g‘rilik uchun qurbon bo‘lish, yolg‘onchi bo‘lib uzoq
umr ko‘rishdan yaxshidir”. 
• Shira maysani, zang temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi. 
• Yolg‘on aytgan kishining, xatari bor ishining.
Gul o‘stirolmagan bola 

Qadim zamonda bir mamlakatda donishmand podshoh bo‘lgan ekan.


Uning farzandi yo‘q edi. Bir kun podshoh: “Mamlakatdagi eng vijdonli
bolani topib, uni o‘zimga farzand qilib olsam” deb o‘ylabdi. Mamlakatdagi
barcha bolalarga gul urug‘i tarqatibdi. “Kimki shu gul urug‘ini undirib, eng
chiroyli gul yetishtirsa shu bola mening merosxo‘rim, o‘g‘lim yoki qizim
bo‘ladi”, deb e’lon qilibdi. Hamma bolalar urug‘ni olib parvarish qila
boshlabdilar. Ulug‘bek degan bola ham urug‘ni ekib, parvarish qilmoqchi 
bo‘libdi. Lekin bir oy vaqt o‘tsa hamki, ekilgan urug‘ xech unmabdi. Ulug‘bek 
onasidan “Onajon ekkan urug‘imiz nimagadir unmadi. Sababi nimada ekan?” deb 
so‘rabdi. Shunda onasi “Tuprog‘ini yangilab ko‘r-chi” debdi o‘g‘liga. Ulug‘bek 


49 
tuproqni almashtiribdi. Shunda ham urug‘ ko‘karmabdi. Podshoh gullarni
ko‘radigan kun yetib kelibdi. Hamma bolalar tuvakda o‘zlari o‘stirgan gullarni 
ko‘tarib yo‘lga chiqibdilar. Ularning hammasi valiahd bo‘lish orzusida ekan.
Podshoh negadir bu gullarni birontasiga ham qaramay o‘tib ketibdi. U bir
chetda bo‘sh tuvak ko‘tarib turgan bolani oldiga boribdi. “Seni guling qani? 
Nima uchun bo‘sh tuvak ko‘tarib turibsan?” deb so‘rabdi podshoh boladan. 
Ulug‘bek ko‘zida yosh bilan “Rosa harakat qildim, lekin urug‘im
ko‘karmadi” deb so‘zladi. Bu so‘zlarni eshitgan podshoh: “Mana mening
pok vijdonli to‘g‘riso‘z o‘g‘lim” deb xalqqa Ulug‘bekni ko‘rsatdi. Podshoh
xalqqa bergan urug‘i hech qachon unib chiqmasligi, chunki urug‘ suvda
qaynatilganligini aytibdi. Xalq ichida g‘ala-g‘ovur boshlanib ketdi. Yig‘ilgan
odamlar podshohning hikmatini tushunibdilar. Gul ko‘tarib kelgan bolalar
uyalib uylariga qaytib ketdilar. Chunki ular boshqa gul urug‘ini topib ekkan
ekanlar-da.
 
1.Yolg‘on so‘zlash deganda nimani tushunasiz?
2.Yog‘on 
so‘zning 
xatarlari 
haqida 
so‘zlab 
bering.
3.Yolg‘on gapirmaslik uchun nima qilish kerak? 
Agar siz Ulug‘bekni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilar edingiz? 
So‘zlab bering.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling