Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Ish qilganda mas’uliyatni anglash (1 soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donishmand nasihati
Ish qilganda mas’uliyatni anglash (1 soat) Dunyo taraqqiyoti, jamiyat farovonligi inson mehnatining mahsulidir. Har bir inson zimmasidagi eng birinchi vazifa o‘z vatanini obod qilish, o‘zidan yaxshi nom qoldirishdir. Buning uchun insondan bilimli, odobli va mas’uliyatli bo‘lish talab etiladi. Mas’uliyat bu – har bir bajarayotgan ishda, so‘zlayotgan so‘zda o‘ylab, vijdonan, yondoshishdir. Deylik siz uy ishlariga yordam berayapsiz. Idishlarni yuvishingiz kerak. Agar ishingizga mas’uliyat bilan yondoshmasangiz qo‘lingizdan idish tushib ketib sinishi mumkin. Yoki yaxshilab yuvmasangiz onangizdan tanbeh eshitishingiz aniq. Mas’uliyatli inson oilada, jamoada hurmat e’tiborga ega bo‘ladi. U har bir ishni mas’uliyat bilan mukammal qilib bajaradi. Har bir bola yoshligidan mas’uliyatli bo‘lishga odatlanishi kerak. Yaxshi baholarga o‘qishligi, ustozi bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi uning mas’uliyatli ekanligini bildiradi. Tasavvur qiling insonlar ishga mas’uliyatsiz yondoshsalar nima bo‘ladi? 39 Deylik, o‘qituvchi bolaga yaxshi bilim bermasa, bolalar ilmsiz bo‘lib katta bo‘ladi. Shifokor bemorlarni yaxshi davolamasa, jamiyatda bemor insonlar ko‘payib ketadi. Quruvchi mustahkam imorat qurmasa, binolar tezda qulab tushadi. Vatan himoyachisi vatanini himoya qilishda be’etibor bo‘lsa, Vatanga dushman bostirib kirishi aniq. Agar bunday jarayon davom etadigan bo‘lsa davlat va jamiyat inqirozga, tanazzulga yuz tutadi. • Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,hosil berar to‘ksang ter. • Omonat, omonatga qilma xiyonat. Donishmand nasihati Qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. Uning erka, tajang, ishyoqmas o‘gli bor bo‘lib, doim hayotidan nolib yurar ekan. Do‘stlari darsga, ovga borishar, shahzodaning esa bunday mashaqqatlarga toqati yo‘q edi. O‘g‘lining kelajagidan havotirga tushgan podshoh yurtning eng donishmand kishisini chaqiribdi. Shahzodaning holatini tushuntirib, o‘g‘lini to‘g‘ri yo‘lga solishda yordam berishini so‘rabdi. Donishmand erka shahzodani bunday vaziyatdan qanday qutqarish mumkinligi haqida uzoq o‘ylabdi. Ammo miyyasiga jo‘yali bir fikr kelmabdi. Bir kun tog‘ etagidan o‘tib ketarkan cho‘pon yigit uning oldiga kelib “Otaxon iltimos, qo‘ylarimga qarab tursangiz. Yugurib qishloqqa tushib chiqsam. Zarur ishim bor edi” debdi. Donishmand “O‘zgalarni hojatini chiqarish savobli ish” deb rozi bo‘ldi. Cho‘pon ketishi bilan bir qo‘zichoq 40 chuqurlikka tushib ketdi. Donishmand pastga tushib qo‘zichoqni olib chiqmoqchi bo‘libdi. Chunki qo‘zichoq donishmandga omonat edi. Uning zimmasida qo‘ylarga qarab turish mas’uliyati bor edi. Ming mashaqqatlar bilan qo‘zichoqni chuqurlikdan olib chiqibdi. Qo‘zichoq bilan ovora bo‘lib, vaqt qanday o‘tganini bilmay ham qolibdi. “Agar inson hayotda biror maqsadi bo‘lsa, maqsadiga erishish uchun qiyinchiliklarni yengib o‘tadi. Unda mas’uliyat hissi paydo bo‘lar ekan” degan fikr hayolidan o‘tibdi. Bu fikrlarni borib podshohga aytaman deb ko‘nglidan o‘tkazibdi. Cho‘pon yigit kelgach qo‘ylarni unga topshirib to‘g‘ri podshoh saroyiga boribdi. Podshohni ko‘rgach: “Hukmdorim, agar o‘g‘lingiz behuda g‘am chekishdan qutilib, hayotga qaytishni istasangiz, unga bir mas’uliyatli vazifa topshiring. Doimiy tushkunlik, hayotdan doimiy shikoyat qilishning asosiy sababi bekorchilikdir. O‘g‘lingizga topshiradigan vazifangiz jiddiy bo‘lsin. Shundagina bekorchi hayollardan qutiladi, yashash zavqini anglaydi” deb aytibdi. 1.Mehnat qilish deganda nimani tushunasiz? 2.Mas’uliyat nima? 3.Mas’uliyatsizlik oqibatlarini so‘zlab bering. Hikmatli so‘zlarni yod oling. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling