Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma




 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 




Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan 
(aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun) 
maktab va maktab-internatlarining
7-sinflar uchun 
“Tarbiya”  
fanidan 
METODIK QO‘LLANMA 
 
 
 
 
Tuzuvchi: 
Begmatov Xayrullo – Namangan viloyati, 
To‘raqo‘rg‘on 
tumani, 
48-sonli 
maxsus 
maktab-internati “Tarbiya” fani o‘qituvchisi.
 
 
 

 
 
 
 
 



Mundarija 
№ 
MAVZULAR 
Sahifa 
I. Vatan tuyg‘usini shakllantirish

Iftixorim Jannat makon O‘zbekistonim! 
4-5 

Har bir farzand vatan himoyachisi 
6-7 

Kelajakdagi muvaffaqiyat bugundan boshlanadi 
8-10 
II.Axloqiy tarbiya

Ne’matlarni qadrlash 
11-13 

Har bir inson hurmatga loyiq 
14-15 

Rostgo‘ylik
16-17 

Muomala madaniyati 
18-20 

Inson hayotida dinning ahamiyati 
21-22 
III. Oila tarbiyasi

Farzand oila ko‘zgusi 
23-24 
10 Mening mahallam-mening faxrim 
25-26 
11 
Oilada qarindoshlik munosabatlarini 
shakllantirish
27-29 
12 Islom ezgulik dini 
30-32 
IV. Huquqiy tarbiya
13 Jinoyat nima? Uning turlari
33-34 
14 Jazo muqarrar 
35-37 
V. Mehnat tarbiyasi 
15 Haloldan rizq topish 
38-39 
16 Ish qilganda mas’uliyatni anglash 
40-41 
17 Jamoada mehnat faoliyati 
42-44 
VI. Iqtisodiy tarbiya
18 Oilaviy tadbirkorlik
45-46 
19 Savdo qilish odobi 
47-49 
VII. Zararli odatlar 
20 Yolg‘on so‘zlash va uning oqibatlari 
50-51 
21 Isrofgarchilik, uning ko‘rinishlari
52-54 
VIII. Ekologik tarbiya
22 Tabiatni asrash burchimiz
55-56 
23 Suvni isrof qilmaslik 
57-59 
24 Yakuniy umumlashtiruvchi dars 



I bo‘lim. Vatan tuyg‘usini shakllantirish
 
 
 
 
 
 Iftixorim, jannatmakon O‘zbekistonim! (1 soat) 
Vatan – muqaddas, ona kabi aziz makondir. Ona farzandiga mehr bersa,
Vatan o‘z fuqorolariga shu o‘lkada yashash, huquqlardan foydalanish, uy-jou,
mol-mulkka ega bo‘lish kabi imkoniyatlarni beradi. O‘zbekiston dunyodagi
eng qadimiy va betakror o‘lkalardan biri. Uni umrida bir bor ko‘rish orzusida
bo‘lganlar qancha. Biz esa betakror zamin bag‘rida yashaymiz uning musaffo
havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz.
Unda kechagi kunimiz, bugunimiz va ertamiz mujassam. Yurtimizning
har bir go‘shasida mustaqillik, istiqlol nafasi ufurib turibdi. Shahar-u
qishloqlar kundan-kun yanada chiroy ochib obod bo‘lib bormoqda. 
Yoshlarning ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa ko‘plab sohalarda
qo‘lga kiritayotgan yutuqlari yurtimiz shuhratini kundan-kunga oshirmoqda.
Yurtimizga har yili ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi. Ularning
barchasi bu go‘zal, serquyosh, zamin haqida iliq fikrlar bildirishadi. 
O‘zbekiston tuprog‘i zar, odamlari saxiy, bag‘ri keng va mehmondo‘st
diyor. Vatanimizning noyob imkoniyatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari,



har bir yurtdoshimiz qalbida “O‘zbekiston – Vatanim manim” degan iftixor
tuyg‘usini uyg‘otadi. Shunday g‘o‘zal diyorni asrab avaylash o‘z qo‘limizda.
• El g‘amini bilgan elda doston. 
• O‘z yurtingni qadri, o‘zga yurtda bilinar.
Ona diyor  
Baxtiyormiz quvnoqmiz, tabiatga o‘rtoqmiz. 
O‘ynab – kulib, yayraymiz, bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘-u bo‘ston, betakror jannatmakon
Seni tan oldi jahon, mustaqil O‘zbekiston! 
Allomalar beshigi, bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi qo‘shig‘i mustaqil O‘zbekiston! 
Sportchimiz bardammiz, g‘oliblarga hamdammiz. 
Sohibqiron avlodi - har ishda peshqadammiz. 
Musaffo osmonimiz, hur vatan posbonimiz. 
Doim gullab – yashnasin shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz, hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin hur ona - diyorimiz!
 
1.V atan deganda nimani tushunasiz? 
2. Vatanni ardoqlashdan maqsad nima? 
3. Vatanga munosib farzand qanday bo‘lishi kerak? 
“Ona diyor” she’rini yod oling.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling