Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Oilada qarindoshchilik munosabatlarini shakllantirish (2soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Oilada qarindoshchilik munosabatlarini shakllantirish (2soat)
Inson tabiatida madaniylik, odamlarga aralashish ular bilan munosabat o‘rnatishga moyillik bor. Insonni atrofida yaqin qarindoshlari, do‘stlari bo‘lganda o‘zini erkin, baxtli his qiladi. Yolg‘izlik, odamlarga qo‘shilmaslik inson tabiatiga mos kelmaydi. Oila jamiyatning bir bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilalarning tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining bosh omilidir. Har bir oilada ota-ona farzandlarini yaqin qarindoshlari bilan tanishtiradi. Ular bilan o‘zaro aloqalarini tiklashga harakat qiladi. Yaqin qarindoshlarga bobo, buvi, amaki, amma, tog‘a, xola ularning farzandlari va boshqalar kiradi. Inson hamisha ularni holidan xabardor bo‘lishi, yaxshi - yomon kunida yonida turishi lozim. Muqaddas islom dinimizda ham qarindosh urug‘chilik munosabatlariga alohida e’tibor berilgan. Amakini ota o‘rnida ko‘rish, xolani ona o‘rnida ko‘rishga targ‘ib qilinadi. Aka – uka, opa – singillar bir - birlari bilan ahil, inoq, mehribon, samimiy munosabatda bo‘lishlari kerak. Hatto singilni ko‘rish uchun bug‘doyzorning ichidan o‘tishga ham ruxsat berilgan. Afsuski jamiyatimizda aka-ukalar, opa-singillar, qarindoshlar o‘rtasida bir-birini tushunmaslik, , mol-mulk talashish holatlari uchrab turadi. Buning oqibatida oilalarning tinchligi buziladi, o‘rtadagi mehr - oqibat, qarindoshlik rishtalari uziladi. Ota bobolarimiz bunday munosabatlarga also yo‘l qo‘yishmagan. Agar kimdir urishib qolsa uch kundan ortiq arazlashib yurishi durust emas deb oilalar, insonlarni ahillikka chorlaganlar. • Daraxtni yaxshi ko‘rsatgan,shoxidagi mevasi. • Mehr ko‘zda, aql so‘zda. • 27 Qarindoshlik burchi Tohirjon onasidan erta ayrilib qoldi. U Abdumalik boboning qaramog‘ida voyaga yetdi. Abdumalik bobo uni hech kimdan kam qilmay voyaga yetkazdi. Tohirjon ilmda, odobda, muomalada barcha havas qiladigan yigit bo‘ldi. Abdumalik bobo butun umrini dehqonchilik bilan o‘tkazdi. Bog‘lar barpo qildi. Farzandlarini halol rizq bilan ulg‘aytirdi. Ularni ilmli, hunarli qilib tarbiyaladi. Qarindoshlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘plab yaxshiliklar qildi. Tohirjonga ham dehqonchilik sirlarini o‘rgatdi. U har yili bog‘idagi mevalar pishganida barcha qarindoshlarini bog‘iga chaqirib mehmon qilar edi. Shu kuni bog‘ odamlarga to‘lib, bayram bo‘lib ketardi. Dasturxon noz- ne’matlarga to‘lib, barchaning qalbiga xursandchilik ulashar edi. Barcha qarindoshlar uylariga qaytayotganda bog‘dagi olma, nok, anor, behi kabi mevalardan olib ketishardi. Bir necha yildirki bu an’ana davom etib kelmoqda. Mahalladagi qo‘ni-qo‘shnilar Abdumalik boboning bu ishiga havas qilishadi. Abdumalik bobo farzandlariga, Tohirjonga doimo “Mendan keyin ham shu ishni also tark etmanglar. Qarindosh - urug‘lar bilan aloqani uzish yaxshi emas. Ularni holidan xabar olib turish qarindoshlik burchi hisoblanadi. Kim qarindoshlar holidan xabar olib tursa umri uzoq, rizqi keng, o‘zi salomat bo‘ladi” deb ta’kidlaydi. 28 1.Oila deganda nimani tushunasiz? 2.Kimlarni qarindoshlar deymiz? 3.Qarindoshlar bilan aloqa qanday bo‘lishi kerak? “Qarindoshlaringiz” haqida so‘zlab bering. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling