Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
6 Har bir farzand vatan himoyachisi. (1 soat) Vatan – inson tug‘ilib o‘sgan, go‘daklik chog‘idan mehr qo‘ygan zamin. Vatan bizga ota-bobolarimizdan qolgan meros bo‘lib, uni asrab avaylash, himoya qilish har bir farzandning burchi hisoblanadi. Inson uchun o‘zining tug‘ilib o‘sgan vatanidan ardoqliroq maskan bo‘lmaydi. “Vatan” atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib “Ona yurt” degan ma’noni bildiradi. Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat har bir inson farzandining fitratida mavjud bo‘ladi. Ota-bobolarimiz vatanga xizmat qilishni oliy burch deb bilishgan. Har bir qarich yerini ko‘z qorachig‘idek asrab avaylashgan. Agar vatan tuyg‘usi vatanga bo‘lgan muhabbat insonlarni qalbida bo‘lmaganida bugun yer yuzi bunchalik obod bo‘lmas edi. Donishmandlardan biri: “Vatanga muhabbat bo‘lmaganida, yurtlar xarob bo‘lardi” degan edi. Shuning uchun ajdodlarimiz vatan uchun hatto shirin jonlarini ham ayamasdan uni himoya qilishgan. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Bobur singari mashhur sarkardalar, ularning hayot yo‘llari fikrimiz isbotidir. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Farobiy kabi buyuk mutafakkir olimlarimiz o‘z asarlarida vatanni sevish, uni ardoqlash, zarur bo‘lganda uni himoya qilish, vatanparvarlik haqida kerakli ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham “O‘zbekiston Respubliksini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqorosining burchidir “ deb yozib qo‘yilgan. Shuni yodda tutish lozimki, har bir insonning o‘z vatani oldida burchlari mavjud. Ulardan quyidagilarni aytish mumkin: ➢ O‘z vatanida shukrona keltirib yashash; ➢ Vatandan yiroqda bo‘lganda uni sog‘inish; ➢ O‘z vatani kamsitilganda rozi bo‘lmaslik; ➢ Vatanga hujum qilinganda uni himoya qilish. • Vataning tinch, sen tinch. • Vatan qadrini bilmagan, o‘z qadrini bilmas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling