Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Hikmatli so‘zlarni yod oling
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Hikmatli so‘zlarni yod oling. Har bir inson hurmatga loyiq (2 soat) Xalqimizda “Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan” degan hikmatli so‘z keng tarqalgan. Har bir inson shubhasiz aziz va mukarram qilib yaratilgan. Yer yuzidagi jamiki ne’matlar unga, uning saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qiladi. Dunyodagi barcha insonlar irqi, jinsi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar. Qaysi bir jamiyatda inson qadri ulug‘lansa bu jamiyat rivojlanadi. Insonlarning o‘z vataniga bo‘lgan muhabbati, sadoqati ortib boradi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham inson qadrini ulug‘lash, uning ertangi farovon hayotini ta’minlashga qaratilgandir. Jumladan, yurtimizda inson dunyoga kelmasdan avval unga g‘amxo‘rlik qilishga kirishiladi. Dunyoga kelishi bilan uning barcha huquqlari qonunlar bilan kafolatlanadi. Qolaversa har bir insonning yashash huquqi, sha’ni, qadr-qimmati, e’tiqod erkinligi, so‘z erkinligi, mol-mulki, uy-joy daxlsizligi qonuniy jihatdan kafolatlangan. Ota-bobolarimiz ham o‘zgalarni hurmat qilishda bizlarga namuna bo‘lishgan. Insonlarni qalbiga ozor yetadigan har qanday xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishgan. Hatto insonni yo‘qligida unga yoqmaydigan so‘zlarni orqasidan gapirishdan o‘zlarini saqlashgan. Bu amalni g‘iybat deb bilishgan. Ya’ni insonlarni o‘zi yo‘qligida uning ortidan ham hurmatini joyiga qo‘yishgan. Alisher Navoiy bobomiz ham o‘z asarlarida: “Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim kaba’ vayron bo‘lsa obod aylagay” deb, insonlarni ko‘nglini ko‘tarishlik, go‘yo kaba’ni obod qilishga tenglashtirganlar. Agar buni aksi bo‘lib, biror insonni qalbiga ozor 14 beriladigan bo‘lsa, go‘yo ka’bani vayron qilishga qiyos qilinmoqda. Demak, insonlarni hurmatini joyiga qo‘yish o‘zgalarga ozor bermaslik, insoniylik burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. • Hurmat qilsang, hurmat topasan. • So‘z qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling