Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rostgo‘ylik (1soat)
Insonga e’tibor
Farida xola ikki qiz farzandini yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazdi. Turmush o‘rtog‘i baxtsiz hodisa tufayli erta olamdan o‘tib ketgan. Hayotning barcha sinovlarini yengib o‘tdi. Qizlarini oq yuvib, oq tarab o‘zgalardan kam qilmay voyaga yetkazdi. Ammo keyingi vaqtlarda biroz tobi qochib, tez-tez kasal bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Katta qizini turmushga chiqarganiga besh yil bo‘ldi. Bir necha yildirki turmush o‘rtog‘i bilan chet elda yashaydi. Bir yilda bir kelib onasining holidan xabar olib turadi. O‘tgan yili kichik qizini ham turmushga uzatdi. Shundan so‘ng keng hovlida Farida xolani yolg‘iz o‘zi 15 qoldi. Kichik qizi ham oilali bo‘lganligi uchun bir haftada bir kelib, onasining holidan xabar olib turadi. Yaxshiyamki mahalladagi qo‘shnilar bor. Ular doimo Farida xolani yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Kimdir taom ko‘tarib chiqsa, yana kimdir meva olib chiqadi. Ba’zilar mehnati bilan, ba’zilar shirin so‘zi bilan uning ko‘nglini ko‘tarib turishadi. Mahalladoshlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligidan Farida xola ularning haqqiga doimo duolar qiladi. Yoshi ulg‘aygan mehrga muhtoj paytida shunday mehribon insonlarning oldida bo‘lganligi tufayli yaratganga tinmay shukronalar keltiradi. 1.Insonni hurmat qilish deganda nimani tushunasiz? 2.O‘zgalarni hurmat qilishga misollar keltiring. 3.Yuqoridagi hikoyadan nima xulosa oldingiz? Hikmatli so‘zlarni yod oling va mazmunini aytib bering. Rostgo‘ylik (1soat) Rostgo‘ylik bu har bir inson o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan eng go‘zal fazilatlardan biri hisoblanadi. Inson har bir so‘zida, ishida, xatti-harakatlarida doimo to‘g‘ri bo‘lishi kerak. O‘z manfaatiga zid bo‘lsada, haqni haq deya olishi lozim. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oilalarning farovonligi, jamiyat taraqqiyoti, davlatlar ortasidagi diplomatik aloqalar o‘zaro ishonch va rostgo‘ylik ustiga quriladi. Rostgo‘ylik bor joyda o‘zaro ishonch bo‘ladi. Oilada, jamoada, jamiyatda rivojlanish bo‘ladi. Rostgo‘ylikning aksi bu yolg‘onchilikdir. Yolg‘on ishlatgan insonning obro‘si bo‘lmaydi. Odamlar bu insonga ishonmay qo‘yishadi. Rostgo‘ylik yo‘qolgan joyda uning o‘rnini shubha, gumon, ishonchsizlik egallaydi. Bu esa jamiyatni tanazzulga olib boradigan eng xatarli yo‘ldir. Xalqimizda “Boshingga qilich kelsa ham rost gapir”, “Rostgo‘ylik najot keltirar” degan hikmarli so‘zlar keng tarqalgan. Ota bobolarimiz bu so‘zlarga doimo amal qilib kelishgan. 16 • To‘g‘ri yurdim – yetdim murodga, Egri yurdim – qoldim uyatga. • Shirin yolg‘ondan, achchiq haqiqat yaxshi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling