Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Vatan posbonlari 
Saflarda qad kerib turgan ey askar, 
Bilgin, mardni ko‘rsa, chekinar xatar. 
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha! 
Duosi, so‘zlari yodingda tursin
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin, 
Onaizoringni asra hamisha! 
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on, 
Oringni – boringni asra hamisha!
1. Vatan bizga nima berdi? 
2. Vatanni himoya qilishdan maqsad nima? 
3. Vatanga xiyonat deganda nimani tushunasiz? 
 
 
“Vatan posbonlari” she’rini yod oling. 



Kelajakka muvaffaqiyat bugundan boshlanadi (1soat) 
Insonni kelajakda kim bo‘lishi, qanday yutuqlarga erishishi uning o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadlariga bog‘liq. Kelajak bu biz hali ko‘rmagan, bizga
yetib kelmagan vaqtdir. Muvaffaqiyat esa inson biror sohada ulkan
yutuqlarga, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga yetishishidir. Yurtimizda olib
borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi insonlarning farovon hayotini
ta’minlashga qaratilgan. Bugun o‘sib ulg‘ayayotgan har bir yosh avlod buni
chuqur his qilishligi kerak. Kelajakda kim bo‘laman? Vatanimga, jamiyatga va 
oilamga qanday manfaat keltiraman? degan savollarni har birinson hamisha
o‘ziga berishi kerak.
Insonga orzu qilish, o‘ylash, fikrlash imkoniyati berilgan. Xalqimiz
azaldan “Bugungi ishni ertaga qo‘yma” degan hikmatga doimo amal qilib
kelgan. Chunki kelajakda qo‘lga kiritiladigan yutuqlar bugundan boshlanadi.
Shuni unutmaslik kerakki inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish
uchun harakat qilsagina muvaffaqiyatga erishadi. Muvaffaqiyatga erishish
uchun quyidagi o‘gitlarga amal qilish kerak: 
➢ Muvaffaqiyatga erishish uchun ertani kutmang. Bugungi kuningizni
g‘animat biling.
➢ Doimo tirishqoqlik bilan harakat qiling. 
➢ Avvalo, muvaffaqiyat siz uchun nima ekanligini his qilib oling.
➢ Barcha imkoniyatlaringizdan to‘liq foydalaning.
➢ Muvaffaqiyatga olib boruvchi g‘oyalar haqida o‘ylang.
➢ Uddaburon bo‘ling, ezgu orzularingiz ko‘p bo‘lsin.
➢ Maqsadingizga erishish uchun o‘zingiz yoqtirgan ishni qiling.
➢ Sizga yoqmaydigan zerikarli tuyulgan barcha ishlardan voz keching.
➢ Bundan tashqari hayotda mulohazali, samimiy, shirinso‘z va
mehnatkash bo‘ling.
➢ O‘rni kelganda dadil bo‘lish va ba’zi o‘rinlarda og‘ir-bosiq bo‘lishni
o‘rganing.
➢ Hayotda o‘z o‘rnini topib, muvaffaqiyatlarga erishgan insonlar bilan
suhbatlashing, kitoblarini topib o‘qing. 
➢ Bobo-buvi, ota-ona, va ustozlaringizni pandu nasihatlariga doimo amal 
qiling. 
Bugungi ishni ertaga qo‘yma. 
• Har narsa o‘z vaqtida yarashar. 




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling