Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Hunarli qiz 
Saida o‘zining odob -axloqi, a’lo baholarga o‘qishi bilan sinfdoshlari
ichida ajralib turar edi. U o‘zining tirishqoqligi va uddaburonligi tufayli
barcha ustozlari ko‘nglidan joy olgan. Maktabdagi o‘quvchilarga va sinfdosh
do‘stlariga birdek mehribon. Saida o‘zining ustida hamisha talabchan bo‘lib,
“Bugungi ishni ertaga qo‘yma” shioriga doimo amal qilib kelgan. 
Maktabdagi turli tadbirlar va jamoat ishlarida faol qatnashadi. Maktabdagi
ustozlaridan chevarchilik sirlarini ham o‘zlashtirib oldi. Bu yil viloyat
miqyosida o‘tkazilgan “Mehrli qo‘llar” yarmarkasida u ham o‘z qo‘li bilan
tikkan kiyimlari bilan ishtirok etdi. U tikkan kiyimlar ko‘pchilikka manzur
bo‘ldi. Bir nechta tadbirkorlar unga ish taklif qildilar. Hatto viloyat hokimi
ham uning mehnatini qadrlab “Faxriy yorliq” va qimmatbaho sovg‘alar bilan
taqdirladi.

1. Kelajak deganda nimani tushunasiz? 


2. Muvaffaqiyat nima?
3. Kelajakda kim bo‘lmoqchisiz? 


10 
 
 
 
Himmatli so‘zlarni yod oling. 
 
 
II bo‘lim. Axloqiy tarbiya 
 
 
 
 
 
 
Ne’matlarni qadrlash (2 soat) 
Har bir inson aziz va mukarram qilib yaratilgan. Dunyodagi barcha
ne’matlar uning farovon, baxtli, saodatli hayot kechirishi uchun xizmat
qiladi. Bizga berilgan ne’matlarni sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Qachonki
biz bu ne’matlarni anglab qadriga yetsak shundagina insoniylik burchimizni 
bajargan bo‘lamiz. Insonga berilgan eng ulug‘ ne’matlar quyidagilar:
➢ Sog‘lik-salomatlik; 
➢ Ota-ona, yaqinlarining yonida bo‘lish; 
Tinchlik, omonlik, xotirjamlikda hayot kechirish; 
➢ O‘z yurtida yashash;
➢ O‘z mehnati bilan rizq topish; 
➢ O‘z huquqlaridan foydalana olish;
Atrofida sadoqatli, mehribon do‘stlarining bo‘lishi. 


11 
Bu ne’matlarning barchasi inson hayotining mazmun mohiyati, farovon
hayotining bosh omilidir. Tafakkur qilsak dunyoda qanchadan - qancha
insonlar ochlikdan aziyat chekmoqdalar. Juda ko‘p insonlarning yashaydigan
uyi yo‘q. Ba’zi insonlar bir umrga sog‘lik ne’matidan mahrum bo‘lishgan.
Qaysidir yurtlarda insonlarning huquqlari poymol qilinmoqda yoki qonli
to‘qnashuvlar, urushlar ichida yashamoqda. Shunday yurtlar borki, ularda
doimo issiq harorat kuzatiladi. Ba’zilarida esa buning aksi insonlar sovuq
haroratda yashashga majbur. Mana shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish
mumkin. Endi o‘zimizga bir savol beraylik. Har birimiz bizga berilgan
ne’matlarni qadriga yetayapmizmi? Qanchadan qancha insonlar tinchlik
ne’matini his qilgani yo‘q. Ko‘pchilik yoshlar ilm olish, hunar o‘rganish
o‘rniga vaqtlarini behuda, bema’ni narsalar bilan o‘tkazmoqdalar.
Ayrim yoshlar ota-onasi, ustozlari, o‘z yaqinlariga qo‘pol muomala qilib
ularning dillarini og‘ritmoqda. Ba’zi o‘rinlarda hatto nonni, mevalarni,
shirinliklarni, taomlarni ham isrof qilish ularni qadriga yetmaslik holatlari
kuzatilmoqda.
Muqaddas islom dinimizda dengizning yonida bo‘lsa ham suvni isrof
qilmaslikka buyurilgan. Ammo ayrim joylarda suvni isrof qilish holatlari
ko‘p kuzatiladi. Tasavvur qilish uchun bir misol. Bir daqiqada suv
jo`mragidan 10-12 litr suv tushadi. Agar shuni bir soatga oladigan bo‘lsak
600 litr, bir kunda 14400 litr suvni isrof qilinar ekan. Shuni unutmaslik
kerakki, kim ne’matlarni qadriga yetmasa bir kun kelib ularga zor bo‘ladi.
Shuning uchun doimo tejamkor, tadbirli, oqil inson bo‘lishga intilish kerak.
• Odob oltindan qimmat.
• Tejamkorlar xor bo‘lmaslar.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling