Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Otaxonning nasihati
Choyxona to‘la odam. Hamma o‘zi bilan o‘zi ovvora. Bir kishi tashqariga chiqsa yana biri kirib keladi. Yoshi ulug‘ bir otaxon choyxonaga kirib keldi va uch o‘spirin yigitlar o‘tirgan so‘riga kelib joylashdi. Bu yigitlar otaxonga uncha e’ribor bermadi. Ular bir-biri bilan suhbatlashar, ba’zida ovozlari ko‘tarilib o‘zgalarga biroz noqulaylik tug‘dirar edi. 12 Oldilaridagi taomlarini bir qismini yeb, bir qismini orttirib qo‘yishgan. Oshxonada xizmat qilib yurgan yigit ularning oldidan o‘tib qoldi. Shunda ulardan biri bu yigitga “Ey yigit bu nonni qayerdan olding? Nega bizga yangi issiq non olib kelmading?” deb e’tiroz bildirdi. Yigit bunday qo‘pol muomalani kutmagan edi. Bo‘layotgan voqeani kuzatib turgan otaxon chidab turolmadi. Noiloj suhbatga qo`shildi. “Ey bolalarim, sizlar to‘qlikka sho‘xlik qilayapsiz. Oldilaringda turgan ne’matlarni qadriga yetmay ularni isrof qilayapsiz”. Biz yoshligimizda pir parcha nonga zor bo‘lgan kunlarimiz ko‘p bo‘lgan. Hatto bir dona non uchun ertalabdan kechgacha ishlaganmiz. Gohida arpa va makka unlaridan non qilib yeganmiz. Bu non tayyor bo‘lgunicha qanchadan-qancha insonlar mehnat qilishini bir o‘ylab ko‘rganmisiz?. Kuzda dehqon yerga urug‘ qadaydi, uni sug‘oradi. Bug‘doy pishgunicha turli yovvoyi o‘tlardan tozalaydi, o‘g‘it soladi, hashoratlardan himoya qiladi. Yoz fasliga qadar bug‘doyni ko‘z qorachig‘iday asrab uni parvarish qiladi. Bug‘doy pishishi bilan uni o‘rib davlat omborlariga jo‘natiladi. U yerda bug‘doylar unga aylantiriladi, hamda un do‘konlariga xalq iste’moli uchun chiqariladi. Onalaringiz, nonvoylar sizlar uchun shirin to‘yimli bo‘lgan nonlarni yopib beradilar. Endi o‘zingiz insof bilan ayting shuncha mehnat evaziga tayyor bo‘lgan nonni biroz suvi qochib qolsa unga behurmatlik qilishingiz to‘g‘rimi?” – dedi. Yigitlarning xijolatdan yuzlari qizardi. Hammalari yerga qarashdi, qilgan xatolarini tushunib yetdilar. “Otaxon sizni aytgan barcha gaplaringiz o‘rinli. O‘ylamay gapiribmiz endi bunday xato ish qilmaymiz” deb otaxondan uzr so‘rashdi. Otaxon yiyitlarga qilgan nasihati zoye ketmagani uchun ularning haqqiga duo qildi. 13 1. Ne’matlarga misollar keltiring. 2. Isrofgarchilik deganda nimani tushundinsiz? 3. Otaxon yigirlarga qanday nasihat qildi?. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling