Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Muomala madaniyati (2 soat)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Muomala madaniyati (2 soat)
Insonga berilgan ulkan ne’matlardan biri bu nutq, so‘zlashish imkoniyatidir. O‘zgalar bilan munosabatlarga kirishganda muomala madaniyatidan foydalanish talab etiladi. Buning uchun insonda yuksak bilim, go‘zal odob shakllangan bo‘lishi lozim. Biz har kuni, har lahzada gaplashamiz va bunga odatiy holdek qaraymiz. Lekin nutq, ovoz chiqarish murakkab va nozik bir jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda insonni aqlidan tortib kichik pay tolalarigacha ishtirok etadi. Muomala jarayonida shuni unutmaslik kerakki har qanday so‘zning o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati, salmog‘i bor. Bir so‘z bilan o‘zgalar qalbiga quvonch, shodlik olib kirish mumkin. Yoki, o‘ylamay gapirish oqibatida do‘stni dushmanga aylantirib qo‘yish ham mumkin. O‘tmishda ota-bobolarimiz muomala madaniyatiga, so‘zlashuv odobiga alohida e’tibor berishgan. Og‘izdan chiqayotgan so‘zni o‘ylab gapirishgan. Insonlar bilan muomalaga kirishganda avvalo salom berish bilan suhbatni boshlang. Suhbat jarayonida ochiq yuzli va samimiy bo‘lishga harakat qiling. Suhbatdoshingizga yoqmaydigan har qanday so‘z, xatti-harakarlardan o‘zingizni tiying. Qarshingizda turgan insonni yoshi, uning ruhiy holatiga e’tibor berishni unutmang. O‘zgalar bilan muomala qilganingizda quyidagi salbiy illatlardan saqlaning: 18 ➢ Bema’ni, befoyda so‘zlarni gapirish, ➢ Odamlarga yoqish uchun so‘zamonlik qilish, ➢ Odobsiz so‘zlarni so‘zlash, ➢ O‘zgalarni ustidan kulish, mazax qilish, ➢ O‘zgalar sirini oshkor qilish, ➢ Yolg‘on so‘zlash va g‘iybat qilish. Agar siz suhbat davomida bu kabi yomon odatlardan foydalansangiz suhbatdoshingiz sizni odobsiz inson ekan deb o‘ylaydi. Oqibatda o‘zaro munosabatlarga putur yetadi. • Avval o‘yla, keyin so‘zla. • Shirin so‘z jon ozig‘i. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling