Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

Diyorbekning xatosi 
Erta tongda Diyorbekning ota-onasi ro‘zg‘or tashvishi bilan dalaga
ishga chiqib ketdi. Onasi unga o‘z vaqtida maktabga borib, yaxshi baholarga
o‘qishligini tayinladi. Diyorbek uyquga to‘ymaganligi sababli maktabga
borgisi kelmasdi. Chunki kechasi bir mahalgacha kompyuter o‘ynab kech
yotgan edi. Noilojdan maktab formasini kiyib yo‘lga otlandi.
Yo‘l bo‘yida turgan avtobusga chiqib, o‘rindiqlarning biriga o‘tirdi.
Qarasa oldida o‘tirgan ayolning sumkasidagi bir dasta pul ko‘rinib turibdi.
Hech kimga bildirmasdan pullarni olib sumkasiga joylashtirdi. Maktab yoniga
yetib kelgach avtobus to‘xtadi. Diyorbek yo‘l haqqini berib tushib ketdi.
Maktab hovlisiga kirib borar ekan uning orqasidan kimdir taqib
qilayotgandek edi. Go‘yo ayol uning oldiga kelib “Mening pullarimni nega
olding?” deyayotgandek edi. Oradan uch kun vaqt o‘tgach maktab hovlisiga
ikkita ichki ishlar xodimi kirib keldi. O‘zlarini tanishtirgach Diyorbek ismli 
bola bilan suhbat o‘tkazmoqchi ekanliklarini aytishdi.
Bu xabarni Diyorbekka yetkizishganida Diyorbekning oyoq-qo‘llari
qaltiray boshladi. Olib borilgan tergov-surishtiruv ishlari natijasida Diyorbek
qilgan jinoyatini tan oldi. Avtobusga kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan ekan.
Diyorbek pulni o‘g‘irlagani aks ettirilgan tasvirlar unga ko‘rsatildi.Uning ota-
onasi maktabga chaqirtirildi. Bo‘lib otgan voqeadan xabar topgan ota-onasi
maktab ma’muriyati oldida uyalib qoldi.
Ayniqsa Diyorbekni onasi yum-yum yig‘lar, “Farzand tarbiyasida
qayerda xato qildim” deb o‘ylar edi. Maktab sha’niga ro‘g‘ri kelmaydigan
yomon ish bo‘ldi. Diyorbek qilgan xatosidan qattiq pushaymon bo‘ldi.
Olgan pullarini egasiga topshirdi. Maktabdagi ustozlari, ota-onasidan uzr
so‘radi. Ich-ichidan pushaymonligini ko‘rgan ichki ishlar xodimlari ham
uning qilgan jinoyatini kechirdilar.
Ammo uni tuman “Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash bo‘limi” 
tomonidan nazoratga olingani aytildi. Ma’lum bir muddat nazoratda
bo‘lishligi ta’kidlandi. Diyorbek qilgan xatosini kech bo‘lsada tushunib yetdi.
Ammo bu ishni qilmaganida ota-onasi, ustozlari oldida yuzi yorug‘ bo‘lar
edi.
1.Jinoyat nima?
2.Nima uchun jinoyatchiga jazo beriladi?
3.Jinoyat qilishning oqibatlarini aytib bering. 


34 
Hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qing va so‘zlab bering. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling