Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosib jazo
Jazo muqarrar (1 soat) Inson oilada, jamiyatda qilayotgan ishi va so‘zlayotgan har bir so‘zi uchun mas’uldir. Uning harakatlari odob-axloq, huquq normalariga mos kelishligi kerak. Ana shunda el oldida obro‘ - e’tiborga ega bo‘ladi. Aks xolda hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotib qonun oldida javobgar bo‘ladi. Qadimdan davlatlar qonun - qoidalar asosida boshqarilgan. Qonun qoidalarni qo‘pol ravishda buzgan insonni “Jinoyatchi” deb atashgan va unga “Jazo” tayinlangan. Bu jarayon davlat va jamiyatni rivojlantirishda, insonlarni boshqarishda eng to‘g‘ri yo‘ldir. Amir Temur bobomiz “Kuch adolatdadir” deb bejiz aytmaganlar. Buni oila misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan ota- ona farzandiga bir topshiriqni bersayu agar bola buni bajarmasa ota-ona bundan xafa bo‘ladi. Bolasiga tanbeh beradi. Bunday holat yana takrorlansa endi bolaga odob berish, xatosini tushunishligi uchun jazolaydi. Jazo insonni xatolarini tushunib yetishi, yaxshini yomondan ajratib olishi uchun qo‘llaniladi. Bunday jarayon jamiyatda adolat o‘rnatish va fuqorolarni qonunlarga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytiradi. Davlatda qonun ustuvorligi ta’minlanadi. Insonlarni davlatga bo‘lgan ishonchi ortadi. Agar jinoyatchiga o‘z vaqtida munosib jazo berilmasa insonlar orasida jinoyatchilik avj olib ketadi. Jinoyatchiga jazoning muqarrarligi eng to‘g‘ri yo‘ldir. Inson jazoga sabab bo‘ladigan har qanday ish, harakatdan yiroq bo‘lish kerak. Buning uchun siyosiy, axloqiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini va qonunlarini o‘rganish talab etiladi. • Yomonga el bo‘lguncha, yaxshiga bel bo‘l. • Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. 35 Munosib jazo Sobir bilan Akmal bir sinfda o‘qishadi. Ular maktabdagi jamoat ishlari va yotoqxonadagi ishlarni birga bajaradilar. Bir kuni Sobir yotoqxonani tozalayotganida qo‘l uchida ish qilib pastda yotgan narsalarni o‘z joyiga qo‘ymay krovatni tagiga surib tashladi. Oqibatda krovat tagi artilmay qoldi. Buni ko‘rib turgan Akmal Sobirga “Bu ishing noto‘g‘ri, ustoz ko‘rib qolsalar jazolaydilar” deb aytdi. Sobir uning so‘zlariga e’tibor bermadi. Kelgusi safar ham xuddi shunday yo‘l tutgan edi, ustozi buni ko‘rib qoldi. Ustoz Sobirga tanbeh berdi va uni ogohlantirdi. Sobir ustoziga endi bunday qilmaslikka va’da berdi. Sobir vadasini tezda unutdi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlaridek, bir kuni ustozi tashqariga chiqib ketganidan foydalanib ishlarni chala qildi. Krovatning taglaridagi changlarni artmadi. Bu qilgan ishi xatoligini bilsada, bilganiga amal qilmadi. Ustozi kelib qarasa har doimgidek Sobirning ishlari yana chala. Ustoz Sobirga qilgan ishining xatosini tushuntirib qo‘yish uchun jazo tayinladi. Har kuni yotoqxonani barcha ishlarini Sobirning o‘zi qiladigan bo‘ldi. Qachonki ishlarni to‘g‘ri bajarishni o‘rgansa, shundagina bu ishdan ozod bo‘lishini aytdi. Sobir olgan jazosi o‘rinli ekanligini tushunib yetdi va ishga kirishdi. Shundan keyin Sobir ishlarni to‘g‘ri bajaradigan bo‘ldi. 36 1. Jazo nima? 2.Aybdorga jazo tayinlashdan maqsad nima? 3.Qanday jazo turlari bor? Hikmatli so‘zlarni yod oling. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling