Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun


V bo‘lim. Mehnat tarbiyasi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana15.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1704445
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma

V bo‘lim. Mehnat tarbiyasi 

 
 
 
 
 
 
 
Haloldan rizq topish (1 soat) 
Halollik bu insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan eng go‘zal fazilatlardan
biri. Halollik bor joyda fayz-baraka, xotirjamlik bo‘ladi. Ota - bobolarimiz


37 
halol mehnat bilan rizq topishga alohida e’tibor berganlar. Rizq so‘zi keng
qamrovli bo‘lib, inson o‘z mehnati orqali topadigan moddiy daromadi
tushuniladi. Inson kasb tanlab, hunar o‘rganishidan asosiy maqsad haloldan
rizq topishdir. O‘zgalar qo‘liga qarab qolmaslik, Vataniga va insonlarga shu
kasb-hunari orqali manfaat yetkazishdir.
Deylik sizni qo‘lingizdagi non yerga tushib ketdi. Uni artib, yuvib
yesangiz halol hisoblanadi. Ammo o‘zgaga tegishli bo‘lgan nonni egasidan
so‘ramasdan, o‘g‘irlab yesangiz sizga halol emas. Har bir kasb-hunarning
o‘z vazifasi, mas’uliyati bor. Kasb-hunar egalari mana shu burchlarini sitqi
dildan ado etishlari kerak. Shunda topayotgan rizqlari haloldan bo‘ladi.
Insonlar halollikka intilsalar jamiyatda yolg‘onchilik, o‘g‘irlik,
mas’uliyatsizlik, boqimandalik, firibgarlik kabi ko‘plab yomon illatlar o‘z-
o‘zidan barham topadi. Halollik insonni oliyjanob, yuksak fazilatli,
mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ota bobolarimiz mashaqqatli
bo‘lsada halol inson bo‘lishga intilganlar. 
• Halol mehnat, mo‘l daromad. 
• Xalq molini yegan halqumidan ilinar. 
Baraka halollikda 
Hamidullo aka hayotini kosibchilik kasbi bilan o‘tkazdi. U to‘rt o‘g‘il,
uch qizni ilmli, hunarli, odobli qilib voyaga yetkazdi. Doimo farzandlariga
haloldan rizq topib yedirdi. U o‘z ishiga mas’uliyati, halolligi tufayli doimo


38 
do‘konidan mijozlarning keti uzilmaydi. Ishini chiroyli, puxta qilib bajarganligi
uchun qishloqdagi ko‘plab yoshlar unga shogirdlikka tushib, kosibchilik 
hunarining sir-asrorlarini o‘rganishgan. Hamidullo aka bugun farzandlari, 
nabiralari hamda shogirdlari ardog‘ida hayot kechirmoqda. Qishloq ahlining
to‘y - marakalarida bosh bo‘lib, ularning duogo‘y insoniga aylangan.
“Halollikda ish ko‘p. Kim halol bo‘lsa, shunda baraka topadi. Halol mehnat,
yerda qolmas” deb farzandlari, nabiralari, shogirdlariga doimo nasihat qilib
keladi. 
1.Halollik deganda nimani tushunasiz? 
2. Rizq so‘zini tushuntirib bering.
3. Qanday qilib halol rizq topish mumkin? 
Hikmatli so‘zlarni yod oling. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling