Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
VIII bo‘lim. Ekologik tarbiya
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovchi va bulbul
VIII bo‘lim. Ekologik tarbiya
Tabiatni asrash bizning burchimiz (1soat) Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol suvlari kishini o‘ziga maftun qiladi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir. Insonning tabiatga ta’siri tufayli undagi muvozanat o‘zgarmoqda. Havo haroratining ko‘tarilishi, ba’zi o‘simlik va hayvonlarning nobud bo‘lishi, suv toshqinlari, toza ishimlik suvining kamayib borishi fikrimiz isbotidir. Tabiatga bo‘lgan munosabatimiz bizning ekologik madaniyatimizga bog‘liq.Anvar ertalab yuz qo‘llarini yuvib, suv jumragini yaxshi berkitmadi. Oqibatda, kechgacha undan suv tomib turdi. Bog‘dagi o‘rik mevasidan uzmoqchi bo‘ldi. Ehtiyotsizligi tufayli o‘rik shoxi sinib ketdi. Gullarga suv quyishni unutdi. Gulzorga tushib qolgan to‘pni olaman deb bir gulni oyog‘i bilan bosib oldi. Anvar bu harakatlari bilan o‘zi bilmagan holda tabiatga zarar yetkazdi. Yerga chiqindilarni tashlamaslik, o‘simliklar, daraxtlarni shoxlarini sindirmaslik, suvni tejab undan oqilona foydalanish eng asosiy burchimiz hisoblanadi. • Birni kessang o‘nni ek. 53 • Gulni – sevmagan, gulzor – qilolmas. Ovchi va bulbul Bir o‘rmonda qushlar, hayvonlar tinch-totuv, do‘st bo‘lib yashar edi. Ular bir-birlariga juda mehribon edi. Shu o‘rmon yonida bir ovchi yashar edi. Ovchi o‘rmondan hayvonlarni, qushlarni ovlab tirikchiligini o‘tkazardi. O‘rmondagi hayvonlar ovchini ko‘rishlari bilan qochib inlariga kirib olar edilar. Ovchi bo‘lsa bu ishidan faxrlanar, ularni ovlab rohatlanar edi. Bir kuni ovchi erta tongda o‘rmondagi hayvonlar uxlab yotganida ovga bordi. Qushlar uchun tuzoq qo‘yib, uni oldiga donlarni sochib o‘zini panaga oldi. Shu kuni o‘rmondagi bulbul yegulik axtarib yurib ovchining tuzog‘iga tushib qoldi. Ovi baroridan kelgan ovchi, bulbulni qafasga solib juda hursand bo‘lib uyiga qaytdi. Bulbulni yosh bolalari bor edi. Shularni o‘ylab qalbi qattiq og‘ridi. Ko‘zidan yum-yum yoshlar to‘kdi. Nihoyat tilga kirib ovchiga so‘zlay boshladi: “Ey qalbi qattiq bemehr inson. Necha yildirki o‘rmondagi hayvonlarni, qushlarni ovlab kelasan. Ularning juda ko‘pi sening qo‘lingda o‘lim topdi. O‘rmondagi daraxtlarni kesasan, shoxlarini sindirasan, maysalarni tepkilaysan. Nahot seni qo‘lingdan boshqa ish kelmasa. Bu ketishda sendan kegingi avlodlarga nima qoladi. Ularni ko‘ziga qanday qaraysan” debdi. Ovchi, bulbulning bu so‘zlaridan hayratda qoldi. Bulbuldan bunday so‘zlarni 54 kutmagan edi. Bulbul ovchini kimligini yuziga qo‘rqmasdan ayta oldi. Qalbiga zarba berdi. Bir necha daqiqa ovchi o‘ziga kelolmay o‘ylanib qoldi. Nahotki men shunchalik bag‘ritosh, bemehr bo‘lsam? Kelajak avlodlar oldida uyalib qolsam? Bu savollarni avval hech o‘ziga bermagan edi. Endi bo‘lsa bu savollar uni qiynamoqda. Ovchi bulbulni qo‘yib yubordi. Bulbulga qarab “Sen meni ko‘zimni ochding. Endi sizlarga hech qachon ziyon yetkazmayman. O‘rmon, undagi hayvonlar, qushlarni ozim himoya qilaman” deb bulbul bilan xayrlashdi. Bulbul shoshganicha o‘z iniga, bolalari oldiga uchib ketdi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling