Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Jamoa deganda nimani tushunasiz? 2.Jamoada ishlaganda nimalarga e’tibor berish kerak? 3.Jamoa odobiga nimalar kiradi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaxshi niyat
1.Jamoa deganda nimani tushunasiz? 2.Jamoada ishlaganda nimalarga e’tibor berish kerak? 3.Jamoa odobiga nimalar kiradi. Hikmatli so‘zlarni ifodali o‘qing va yod oling. 43 VI bo‘lim. Iqtisodiy tarbiya Oilaviy tadbirkorlik (2 soat) Oila daromadini oshirib borish, iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz ham tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Buning sababi shundaki yurtda tadbirkor ko‘paysa qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi, insonlarning daromadi ko‘payadi. Bu esa xalq farovonligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yurtimizda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar yildan yilga ko‘payib bormoqda. Misol uchun Nazirjon aka oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. U farzandlari bilan gul parvarishlash, ko‘payririshni yo‘lga qo‘ygan. U o‘z ishining ustasi. Har yili bahor faslidan kuzgacha uyidan mijozlar arimaydi. Besh yildirki Namanganda bo‘lib o‘tadigan “Gul bayrami”da qatnashib keladi. Uning uyi gullarga burkangan. Kirgan insonning ko‘zlari quvonib, bahri dili ochiladi. Tadbirkorlikdan har yili katta daromad oladi. Xalqimizda “Yigit kishiga qirq hunar oz” degan hikmatli so‘z bor. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bugungi zamon talabidir. Agar bola tadbirkor oilada katta bo‘lsa, u mehnat qilishni o‘rganadi. Doim ish bilan band bo‘ladi. Bekorchi vaqti bo‘lmaydi. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, ne’matlarni qadriga yetishni o‘rganadi. Mustaqil fikrga ega bo‘ladi, zamon bilan hamnafas yashash ko‘nikmasi shakllanadi. 44 • Mehnat qilgan xor bo‘lmas. • Kuch birlikda. Yaxshi niyat Zokirjon oilada eng kenja farzand, onasining erkatoyi. Dadasi Husanboy aka bolalariga dehqonchilik sirlarini o‘rgatib keladi. U oila a’zolari bilan kengashib, qishloqdagi fermer xo‘jaligidan yer olib karam ekishni rejalashtirdilar. Erta bahor fermer xo‘jaligidan olingan yerga ishlov berildi. Karam ko‘chatlarini yerga ekib “Agar yaxshi daromad olsak mashina olamiz” deb yaxshi niyat qildilar. Karamlar mehr bilan parvarish qilindi. Zokirjon yosh bo‘lsada barcha ishlarda qatnashdi. Karamlar vaqtida sug‘orildi, tagini chopib, begona o‘tlardan tozalandi. Uch oy deganda karamlar pishib tayyor bo‘ldi. Bozorda raqobat kuchli. Yaxshi ishlov berilganligi uchun bozordagi eng sifatli karam aynan ularniki edi. Haridorlar karamni sotib olarkan “Dehqonni qo‘li dard ko‘rmasin, otanga rahmat” degan so‘zlarni aytib ketardilar. Husanboy aka o‘ylaganidan ham ko‘proq daromad oldi. Uning bu muvaffaqiyatiga erishishida oila a’zolarining hissasi katta bo‘ldi. “Yaxshi niyat yarim davlat” deganlaridek shu yili ular mashina sotib oldilar. 45 1.Tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz? 2.Qanday tadbirkorlik turlarini bilasiz? 3.Husanboy aka oilasi bilan qanday reja tuzdi. Kelajakda qanday tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchisiz? So‘zlab bering. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling