Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Isrofgar boy
Azizbek bobosi bilan birga yashardi. Bobosi unga o‘zining hayotida bo‘lib o‘tgan voqealar, ko‘rgan kechirganlaridan aytib berardi. Azizbekka “Bolam, biz qiyinchilik ko‘rdik sizlar ko‘rmanglar” deb ko‘p ta’kidlar edi. Bobosi unga hayotida bo‘lib o‘tgan bir voqeani sozlab berdi. Yoshlik chog‘larida mahallada bir boy inson bo‘lgan ekan. Molu davlatini ko‘pligiga quvonib doim isrofgarchilikka yo‘l qo‘yar ekan. Boy borgan sari tug‘yonga ketib, nonni faqat o‘rtasini yeydigan bo‘libdi. Qolgan qismini bir chetga surib qo‘yar yoki hayvonlarga berib yuborar ekan. Uning bu odati qishloq ahliga ovoza bo‘libdi. Qishloqning dono, ilmli insonlari boyni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi bo‘lishibdi. Ammo boy ularning nasihatiga quloq solmabdi. “Pul meniki uni o‘zim topganman, qanday sarflashni o‘zim hal qilaman” deb ularni ustidan kulibdi. Bir kuni boyning uyiga o‘t ketibdi. Topgan – tutgan bor boyliklari bir kunda kuyib yo‘q bo‘libdi. Boy bunday bo‘lishini hech o‘ylamagan edi. O‘zini doim podshohlardek tutib, har ishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yib yurardi. Kibr va manmanlikka berilib, ilmli insonlarni so‘zlariga quloq solmasdi. Boy chuqur qayg‘uga botibdi. Qilgan xatolarini endi tushunib yetibdi. Lekin endi kech edi. Insonga hayotda turli sinovlar kelar ekan. Boy endi boydan qambag‘alga aylandi. U endi bir dona non uchun ertadan kechgacha odamlarni uyida ishlardi. Uni ko‘rganlar “Sizga nima bo‘ldi, qanday qilib bunday ahvolga tushdingiz?” deb so‘rardi. Boy ularga “Menga berilgan ne’matlarni qadriga yetmadim, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ydim. Mana bugun qilgan xatolarimni jazosini olyapman” deb aytar edi. Boy uzoq umr ko‘ribdi, ammo uning hayoti avvalgidek farovon bo‘lmabdi. 1.Isrof nima? 2.Isrofgarchilikning ko‘rinishlarini aytib bering. 3.Nima uchun isrofgarchilik yomon illat hisoblanadi? Hikmatli so‘zlarni yod oling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling