Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Tarbiya fani Metodik qo\'llanma
Topilgan hamyon
Temurbek ilmli, din-diyonatli oilada kamol topdi. Maktabda yaxshi baholarga o‘qiydi va sportning kurash turiga qiziqadi. Uch yildirki darsdan bo‘sh vaqtlarida maktabdagi kurash to‘garagiga boradi. U ota-onasiga juda mehribon. Doimo ular buyurgan ishni o‘z vaqtida bajaradi. Mana bugun ham onasi aytgan ishni qoyil qilib bajardi. Endi xotirjam mashg‘ulotiga borsa ham bo‘ladi. O‘y-xayollar bilan maktab darvozasidan kirib borar ekan, yerda yotgan hamyonga ko‘zi tushdi. Borib qo‘liga olib qarasa ichida puli bor ekan. Temurbek bu hamyonni olib to‘g‘ri mashg‘ulot o‘tadigan zalga kirib keldi. Qo‘lidagi hamyonni ustoziga uzatib “Ustoz maktab hovlisida kimningdir hamyoni tushib qolibdi” dedi. Ustozi uning qo‘lidan hamyonni olar ekan “Rahmat senga Temurbek, sen odobli va ishonchli bola bo‘libsan. Seni tarbiyalagan ota-onangga va ustozlaringga rahmat” deb unga minnatdorchilik bildirdi. “Egasi kelsa beramiz” deb hamyonni shkafga solib qo‘ydi. 21 Shunda bolalardan kimdir “Temurbek ichidan ozginasini olib qo‘ysang bo‘lardi, biron narsa olar eding” deb gap tashladi. Temurbek “Bu pullar birovning haqqi, o‘zgalar haqqini o‘zlashtirib olishlik odobsizlik hisoblanadi” dedi. Uning so‘zini boshqa do‘stlari ham maqulladilar. Biroz vaqt o‘tgach maktabdagi farrosh ayol kirib keldi va hamyonini qidirib yurganini aytdi. Ustoz shkafdan hamyonni olib unga uzatdi. Farrosh ayolga “Buni Temutbek maktab hovlisidan topib olibdi” dedi. Farrosh ayol hamyonini topilganidan juda hursand bo‘ldi. Temurbekka minnatdorchilik bildirdi. Uning haqqiga duo qild qildi. 1.Din so‘zi o‘zbek tilida qanday ma’nolarni anglatadi? 2.Dunyo dinlarini sanab bering? 3.Dinning vazifasi nimalardan iborat?. Ezgu ishlarga misollar keltiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling