Bazalt minerali asosida termik destruksiyaga chidamli polimer kompozitsion materiallar olish, ularning fizik-mexanik xossalari va tuzilishini fizik-kimyoviy usullar yordamida tadqiq qilish” 70530101 – “Kimyo


Termoplastlarning kislorod indeksi


Download 0.78 Mb.
bet16/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1649220
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
С,М,РАСУЛОВА ДИССЕРТАЦИЯ2222 2 2 1 (3)

Termoplastlarning kislorod indeksi - materialning kislorod ko‘rsatkichi. Bu material yonishi mumkin bo‘lgan havodagi kislorodning eng kam % tarkibidir.
Termoplastlarning yonuvchanligi -termoplastiklarning yonuvchanligini sinash GOST130402-96 "Qurilish materiallari, yonuvchanlikni sinash usullari" bo‘yicha V1 "Qiyin yonuvchan materiallar" dan V3 " Oson yonuvchan materiallar" ga guruhlar yonuvchanligiga o‘rnatilgan ISO 5657-86 xalqaro standartiga mos ravishda amalga oshiriladi. Ushbu metodikaga muvofiq, issiq oqimning kritik sirt zichligi (IOKSZ) - namunaning barqaror yonishida issiqlik oqimi sirt zichligining (IOSZ) minimal qiymati o‘lchanadi.
Termoplastning tutun hosil qilish effekti.
Termoplastiklarning tutun hosil qilish effekti tutun hosil qilish koeffitsienti - materialning yonishi paytida hosil bo‘lgan tutunning optik zichligi ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi. Ushbu koeffitsient GOST 12.1.044 metodi bo‘yicha D1 "Kam tutun chiqarish qobiliyati" dan D3 "Yuqori tutun hosil qilish qobiliyati" guruhlarini belgilash bilan o‘lchanadi.
Termoplastlarning yonish mahsulotlarining zaharliligi.
Yonish mahsulotlarining zaharlilik guruhi GOST 12.1.044 bo‘yicha T1 "Kam xavfli materiallar" dan T4 ga "Juda xavfli" guruhlarni belgilash bilan belgilanadi.
Qatlamli silikat nanokompozitlar – polimerlarning olininsh usullari va xossalari.
Qatlamli silikat nanokompozitlarning bir necha olinish usullari bor:
- insitu usuli -polimer sintezi jarayonida:
Ushbu usul bilan nanokompozitlar olinganida, monomerning qatlamli silikatning qatlamlari orasida interkalatsiyasi sodir bo‘lishi mumkin, shu tufayli silikat qatlamlari orasida polimer hosil bo‘lishi mumkin.
- eritmada aralashtirish:
Qatlamli silikat polimer eriydigan ba’zi erituvchilarda bo‘kishi mumkin. Polimerni eritmadan interkalatsiyalash - bu ikki bosqichli jarayon bo‘lib, unda polimer avval interkalatsiyalangan erituvchi o‘rnini bosadi. Bunday almashinuv uchun Gibbsning erkin energiyasi manfiy bo‘lishi kerak.
- suyuqlanmada aralashtirish:
Qatlamli silikat yuzasi tanlangan polimer bilan mos bo‘lishi kerak, u qatlamlararo bo‘shliqqa kirib, eksfolirlangan yoki interkalatsiyalangan tuzilishga ega nanokompozit hosil qilishi mumkin.
Ushbu usul bir qator muhim afzalliklarga ega: birinchidan, organik erituvchi ishlatilmaganligi sababli ekologik jihatdan toza;
ikkinchidan, bu oddiyroq va arzonroq, chunki u mavjud sanoat uskunalari uchun juda mos keladi (ekstruziya va bosimli quyish).
Suyuqlanmada aralashtirish, shuningdek, polimerlash jarayonida to‘ldirish usullarida ishlatib bo‘lmaydigan polimerlarni qayta ishlashga imkon beradi.
- matritsa sintezi:
Polimer va silikat qurilish bloklarini o‘z ichiga olgan silikatlar suvli eritmada hosil bo‘lgan bu usul, ikki qavatli gidroksidlarga asoslangan nanokompozitlarni sintez qilish uchun keng qo‘llaniladi, ammo qatlamli silikatlar uchun juda kam ishlab chiqilgan. Ushbu metodda zarralarning o‘sishi polimer muhitida alohida atomlarning o‘z-o‘zini tashkil qilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda polimer anorganik kristallarning o‘sishini tartibga soladi. Kompozit polimerning o‘sish jarayonida silikat qatlamlari orasida kirib borishi natijasida hosil bo‘ladi. Qatlamli silikatning muhim fizikaviy va mexanik xarakteristikalaridan biri- mustahkamlikdir.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling