Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet14/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Botanik xususiyatlari. No‘xatning 27 ta turi bo‘lib, shulardan faqat bittasi Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. No‘xatning faqat bitta Cicer arietinum - madaniylashgan turidan foydalaniladi. Madaniy no‘xat 1 yillik o‘simlik bo‘lib, ildizi o‘q ildiz, puxta rivojlangan tuproqqa 1-1,5m gacha kirib boradi. Poyasi baquvvat, tik o‘sadi, sershox bo‘lib, yotib qolmaydi, yetilganida yog‘ochsimon bo‘ladi. Bo‘yi lalmi yerlarda 15-40 sm, sug‘oriladigan yerlarda 45-70 sm bo‘ladi. Barglari murakkab, to‘q, patsimon, kalta bandli, juft barglarining soni 5-15 ta, bargchalari mayda, arrasimon, tukli. Tuklarida organik kislotalar mavjud (oksalat, olma kislotasi). Barglari och va to‘q rangli. Gullari ikki jinsli, mayda barg qo‘ltiqlarida bittadan joylashadi, rangi oq, qizil, binafsha tusda bo‘ladi. Gullari o‘zidan changlanadi, ayrim hollarda chetdan changlanishi mumkin. Dukkaklari kalta, bo‘rtgan, ponasimon yoki romb shaklida, 1-3 ta urug‘ bo‘ladi, uzunligi 1,5-3,5 sm. Donining shakli dumaloq, tumshuqchali, rangi och sariqdan qoragacha. 1000 ta donining vazni 100-600 g keladi.


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling