Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet11/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Botanik xususiyatlari. Ko‘k no‘xatning Pizum sativum L madaniy turi ko‘proq ekiladi. Bu tur bir nechta kenja turlarga bo‘linadi: 1) ekma ko‘k no‘xat, 2) dala ko‘k no‘xati.

Ko‘k no‘xatning ildizi o‘q ildiz bo‘lib, pishiq rivojlangan va tuproqqa 1m gacha kirib boradi. Ildizlarida tuganaklar shakllanadi. Poyasi o‘tsimon, ko‘amncha yotiq holda o‘sadi, balandligi 250-300 sm. Poyasining o‘sishiga qarab, past bo‘yli (50 sm), yarim past bo‘yli (51-80 sm), o‘rta bo‘yli (81-150) va baland bo‘yli (151-300 sm) xillariga bo‘linadi. Poyada bo‘g‘inlar mavjud bo‘lib, shu bo‘g‘inlarda barglar o‘sadi. Bo‘g‘in oraliqlari uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Barglari murakkab shaklga ega. Ikki-uch juft bargcha va jingalaklardan iborat. Jingalaklari yordamida ko‘k no‘xat tayanch o‘simlikka o‘raladi. Barglarining shakli ponasimon, cho‘zinchoq, rangi yashil, srg‘ich yashil, to‘q yashil bo‘ladi. Gullari ikki jinsli, yirik, barg qo‘ltiqlarida 1-3 ta bo‘lib, gulbandda joylashadi. Gultojisi kapalaksimonYU, yelkani yirik, tuxumsimon, qanotlari cho‘zinchoq, qayiqchasi rangsiz. Gulining rangi oq. Mevasi dukkak bo‘lib, dukkaklarida 3-12 tagacha urug‘ joylashadi. Dukkagining uzunligi 3-15sm gacha bo‘ladi. Dukkaklari xanjarsimon va o‘roqsimon shaklda bo‘ladi. Urug‘lari ko‘pincha yirik, yumaloq, burchakli bo‘ladi. Urug‘ining yuzi silliq yoki burishgan bo‘ladi. Rangi oq, sariq, yashil, to‘q yashil, sarg‘ich jigarrang, ayrim holda naqshli bo‘ladi.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling