Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet9/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Oddiy loviya -Phaseolus vulgaris.

Ko‘p gulli loviya-Phaseolus multiflorus.

O‘tkir bargli loviya -Phaseolus acutifolius.

Oysimon loviya-Phaseolus lunatus.

Tilla rang loviya-Phaseolus aureus.

Tilla rang loviya O‘rta Osiyoda mosh deb yuritiladi.

Biologik xususiyatlari. Oddiy loviya issiqsevar o‘simlik. Uning urug‘i 100 C da unib chiqadi. Bir oz sovuq (0,5-10 C) maysalarni urib ketadi. Namga talabchan. Loviya yoruqqa talabchan, qisqa kun o‘simligi hisoblanadi. Soya joylarda ham yaxshi o‘sadi. Tillasimon loviya (mosh) juda issiqsevar, issiqga va qurg‘oqchilikka chidamli. Loviyaning o‘suv davri 75-120 kun. Loviya sizot suvlari yaqin joylashgan og‘ir tuproqli yerlarda, shuningdek, sho‘rlangan va kislotali tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. U qora, qumoq, soz, bo‘z va boshqa xil tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi.

O‘g‘itlash. Loviya uchun kuzgi ekinlar yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘g‘itlarga talabchan. Go‘ng solingan yerlarda yaxshi o‘sadi. Fosforli o‘g‘itlar gektariga 45-60 kg (sof holda) kaliyli o‘g‘itlar 30-45 kg solinadi. Kam unumdor, noqoratuproq zonada azotli o‘g‘itlar gektariga 15-25 kg solinadi.

Loviya keng qatorlab, qator oralarini 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. Loviya aprel va iyun oylarida ekiladi. Loviyaning hosili ekish muddatiga qarab yozning o‘rtalarida yoki kuzda yetiladi. kombayinda yig‘iladi. Saqlashda namlik 12-14% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling