Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet5/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Botanik xususiyatlari. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L avlodiga kiradi. Dehqonchilikda soyaning bitta madaniy turi -Glycine hispida Max ekiladi. Bu madaniy tur 4ta kenja turga bo‘linadi: 1)Koreya turi,2) Manjuriya turi, 3)Hind turi, 4)Xitoy turi.

Soya bir yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi dag‘al, yashil tusda, poyasining diametri 4-22 mm, usti tukli, baquvvat, tik o‘sadi, sershox bo‘ladi. Bo‘yi 1,5 m gacha yetadi. Ildizi o‘q ildiz tuproqqa 1,5-2,0 metrgacha chuqur kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Barglari uchtali, toq patsimon, yon barglari mavjud. Barg shapaloqlari yirik, keng, urug‘i har xil shaklda va kattalikda. Bargning yuzasi silliq yoki burishgan bo‘ladi. Gul to‘plami barg qo‘ltiqlarida joylashgan, ko‘p gulli, 13-20 ta guli bor. Guli mayda oq yoki och binafsha rangda. Dukkaklari turli shaklda, 1-5 tagacha urug‘i joylashgan bo‘ladi. Bitta tup o‘simlikda dukkakning soni navning xususiyatiga, tuproq iqlim sharoitiga bog‘liq holda 10-35 tagacha bo‘lishi mumkin. Urug‘i jigarrang, qora, yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining vazni 400-520 gr gacha bo‘ladi. Urug‘ining uzunligi 5-17 mm, eni 4-9 mm, qobig‘i silliq, yaltiroq yoki xira bo‘ladi.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling