Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Loviya Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


Download 147 Kb.
bet7/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Loviya

Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Loviya qadimgi va qimmatli oziq-ovqat o‘simligi hisoblanadi. Mayda donli loviya O‘rta va Kichik Osiyoda, yirik donli loviya Markaziy va Janubiy Amerkadan kelib chiqqan. Bu ekinlar Hindiston va Pokistonda ko‘p ekiladi, shuningdek Italiya, Frantsiya, Meksika va Braziliya va boshqa bir qancha mamlakatlarda ekiladi. Uning doni oziq-ovqat sifatida, pishmagan dukkaklari konserva sanoatida ishlatiladi. Urug‘i tez pishadi, yaxshi xazm bo‘ladi. To‘la pishmagan dukkaklari tarkibada 18% oqsil, 2% qand bo‘ladi. Uning to‘liq pishgan doni tarkibida esa 28-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% kraxmal, 2,3-37,1% kletchatka, 3,1-4,8% kul moddasi bo‘ladi, vitamin-V, turli mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. Barglaridan limon kislota va tibbiyot preparatlari olinadi. Yashil o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Loviyadan faqat oziq-ovqat sanoati va tibbiyotdagina emas, balki chorvachilikda ham keng foydalaniladi. Loviyaning ko‘k poyasi tarkibida oqsil moddasi ko‘p.

Loviya yer yuzida 16 mln. ga yerga ekiladi, hosildorligi gektariga 15-20 s ga teng. O‘zbekiston o‘simlikshunoslik institutining ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan maydonlarga may oyida ekilganda hosildorlik 30 ts gacha yetadi.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling