Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet10/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)

Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Asosiy dukkakli don ekini hisoblanadi. Asosan oziq-ovqat ekini sifatida ekiladi. Yashil dukkaklari (sabzavot navlari) konserva sanoatida ishlatiladi. Donining tarkibida 26-30% gacha oqsil, 25-30% shakar, vitaminlardan A, V, V2 va S va mineral tuzlar bo‘ladi.Silos bostirish va ko‘kat oziq uchun ham ekiladi. Ko‘k no‘xat agrotexnikaviy ahamiyatga ham ega, u har gektar yerdan kamida 50-70 kg azot to‘playdi. No‘xatni lalmikor yerlarda yetishtirish mumkin. Respublikamizda o‘rtacha hosildorligi 10-14 sga. ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlarda 20-40 s  ga don, 350-450 s ga ko‘k massa hosili olinadi, lalmi yerlardan o‘rtacha doni hosil 5-6 dan 10 sga cha, ko‘k massa hosili 60-70 s  ga.

Ko‘k no‘xatning kelib chiqish markazlari- old Osiyo va O‘rta Yer dengizi sohillari hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha ko‘k no‘xatning umumiy ekin maydoni 15 mln gektar atrofida. Hosildorligi 2-5 tga. O‘zbekistonda no‘xatni ekin maydoni katta emas. Asosan sug‘oriladigan, qisman lalmikor yerlarda ekiladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan maydonlarida ko‘k poyasidan 320-350 sga, donidan 25-28 sentner hosil olinadi. Ko‘k no‘xat Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlarda, AQSH, Kanada, Xitoy, Hindiston va Ukraina, Rossiyada ko‘p tarqalgan.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling