Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet12/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Biologik xususiyatlari. Ko‘k no‘xat eng ertapishar don ekini hisoblanadi. Ko‘k no‘xat sovuqqa chidamli, ertapishar va yer tanlamaydigan ekin bo‘lib., uning vegetatsiya davri 70-140 kunni tashkil etadi. Ko‘k no‘xat unib chiqayotganda va hayotining birinchi davrida ildizi tez rivojlanadi, yer ustki qismi sekin o‘sadi. 5-8 ta barg chiqarish fazasida ildizlarida tuganaklar shakllana boshlaydi. Ko‘k no‘xat uzun kun, yorug‘sevar o‘simlik bo‘lib, urug‘i 4-50 C da unib chiqadi. Vegetativ organlarining rivojlanishi uchun 12-160 talab qilinadi. Issiqlikni uncha talab qilmaydi. Harorat 260 dan oshsa, hosilning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori hosil yetishtirish uchun tuproqning optimal namligi dala nam sig‘imining 70-80% ini tashkil etishi kerak. Unumdor yerlarda o‘sadigan ekin, yengil qumtuproqli, kislotali va sho‘rxok yerlar uning uchun yaramaydi. O‘zbekistonda ko‘k no‘xatning Vostok-55, Vostok-84, Usatiy-90 navlari ekiladi.

O‘g‘itlash. Ko‘k no‘xat fosforli o‘g‘itlarga ehtiyoj sezadi. Yerga fosfor 60-80 kg miqdorda solinadi. No‘xat o‘z ildizidagi tuganak bakteriyalar hayot faoliyati hisobiga azot bilan oziqlanadi. Biroq tuganaklar rivojlanish davrigacha azotli o‘g‘itlarga ehtiyoj sezadi, shuning uchun ekish oldida har gektarga 20-30 kg dan azotli o‘g‘it solinadi. Ko‘k no‘xat kaliyli o‘g‘itga kam talabchan bo‘ladi, biroq kaliyli o‘g‘itni gektariga 30-40 kgga miqdorda shudgorlash yoki ekish oldidan solinadi. Ko‘k no‘xat urug‘ini nitragin bilan dorilash, hosilni gektariga 6 ts ga, eski yerlarda 1,5 ts ga oshiradi. No‘xat urug‘ini unuvchanligi 92-95%, tozaligi 98-99% bo‘lishi kerak. Ko‘k no‘xat erta ko‘klamda, bahorgi don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Ekish meyori gektariga 1-1,2 mln  dona, vazn hisobida yirik donli no‘xatlar 250-300 kg  ga, mayda donli no‘xat 120-150 kg  ga, yengil tuproqli yerlarda 5-7 sm, og‘ir tuproqli yerlarda 4-5 sm chuqurlikda ekiladi.

Ko‘k no‘xat lalmi yerlarda keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 sm, ekish normasi 60 kg, sug‘oriladigan yerlarda 60-70 sm oraliqda ekilib, egatchalar orqali sug‘oriladi. Dukkaklarining 60-70 %i yetilganda, hosil o‘rib olinadi va don kombaynlari yordamida yanchiladi. Doni 14-16% namlikda saqlanadi.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling