Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet15/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Biologik xususiyatlari. No‘xat issiq sevar o‘simlik bo‘lib, sovuqqa kam chidaydi, urug‘i 3-50 da unib chiqadi, maysalari 8-100 sovuqqa bardosh beradi. O‘rta Osiyo sharoitida qishlaydigan shakllari ham bor. Yorug‘sevar, uzun kun o‘simligi Urug‘i 3-40 C da unib chiqa boshlaydi, 80 Cda 9-10 kuni maysa chiqaradi. No‘xatni maysalari yirik bo‘lib 10-110 C sovuqqa chidaydi, voyaga yetgan o‘simliklar 80 C sovuqga chidaydi. Dukkakli don ekinlari orasida qurg‘oqchilikka chidamli. Namgarchilik mo‘l bo‘lganda, askoxitozdan ko‘p zararlanadi.O‘sish sharoiti va navlariga qarab vegetatsiya davri 65-140 kun bo‘lishi mumkin.

No‘xat uncha yer tanlamaydi, qoratuproqli va kashtan tuproqli yerlarda yaxshi, sho‘rxok va qumli yerlarda yomon o‘sadi. No‘xat g‘o‘za uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.



O‘g‘itlash. No‘xat ko‘pincha bug‘doy va arpadan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Boshqa ekinlar uchun ham yaxshi o‘tmishdosh ekin hisoblanadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi va gektariga 4-5 t go‘ng, 30-45 kg fosfor bilan aralashtirib yoki fosforning o‘zi 50-60 kg dan solinadi. Urug‘ni nitragin bilan ishlash yaxshi natija beradi. No‘xat qator orasi 45-60 sm yoki oddiy qatorlab, qator orasi 15 sm dan qilib ekish mumkin. Ekish meyori 0,5-0,8 ming dona urug‘ yoki 40-100 kg gektariga ekiladi. No‘xat martning oxiri aprelni boshlarida ekiladi. No‘xat yozning eng issiq davrida iyun va iyul oylarida pishadi, pishganda meva bandi va dukkaklari tez qurib qoladi. Tez o‘rib yig‘ib olinmasa, hosilni ko‘pi nobud bo‘ladi. Shuning uchun hosilni eng qulay va qisqa muddatlarda yig‘ib olish kerak. Yanchib olingan no‘xat, don tozalash mashinalarida tozalanadi.
Sinov savollari.

1. Dukkakli don ekinlari xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting??

2. Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari ayting?

3. Soyaning agrotexnikasi ayting?

4. Loviyaning biologik xususiyatlari ayting?

5. No‘xatning turlari sanab bering?

Aim.uz


Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling