Biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva


Download 147 Kb.
bet6/15
Sana02.01.2022
Hajmi147 Kb.
#187623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dukkakli don ekinlari

Biologik xususiyatlari. Soya-issiqsevar o‘simlik. Urug‘ining unib chiqishi uchun minimal temperatura 80 C bo‘lishi kerak. Maysalari 2-30 C gacha sovuqga chiday oladi. Muqobil harorat 20-220 . Vegetatsiya davri 100 dan 160 kungacha davom etadi. Soya namga juda talabchan. Transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600 ni tashkil etadi. Yorug‘sevar qisqa kun o‘simlik. Soya kislotali, kuchsiz sho‘rlangan, botqoqlangan tuproqlardan boshqa yerlarda o‘saveradi. Tuproqning optimal pH 6,5-7,0 ga teng. Soya bahorgi bug‘doy, suli, sholi va boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda soyaning Orzu, Do‘stlik, O‘zbekiston-2, O‘zbekiston-6 navlari ekiladi.

Soya g‘o‘za, sholi, makkajo‘xori, jo‘xori, kanopdan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerni haydash chuqurligi 22-25 sm bo‘ladi. Erta bahorda borona qilinadi va ekish vaqtigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi.



O‘g‘itlash. Gektariga 10-15 t. go‘ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy solinadi. Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NRK va o‘suv davrida 30-50 kg fosfor solinadi.

Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60, 70 sm, o‘simlik orasi 3-5 sm qilib ekiladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug‘ yoki 60-100 kgga urug‘ ekiladi. Ekish uchun urug‘ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi davlat andozalariga javob berishi lozim. O‘suv davrida qator orasiga ishlov beriladi. 3-5 marotaba sug‘oriladi. Hosil don kombayinida yig‘ib olinadi.




Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling