Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet28/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

17-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

Love? If you’d asked me yesterday, I’d say
love is a saw that amputates the heart.
I’d call it my disease, I’d call it plague.
But yesterday, I hadn’t heard from you.

So call it the weight of light that holds one soul


connected to another. Or a tear
that falls in all gratitude, becoming sea.
Call it the only word that comforts me.124

Ey dil menga og‘ir qilding — dillik qilding
Ey dil meni sag‘ir qib bedillik qilding
Ey dil nima so‘rding berdim
berdim tamom
Ey dil oxir kimga bandachilik qilding?125



Zamonaviy ingliz shoirasi Ros Barberning yuqoridagi erkin vaznli she’rida sevgining barcha insonlar hayoti uchun o‘rni, o‘quvchining bunga munosabatini aniqlash uchun shoir Love? deb savol qo‘yadi, to‘liq holatida “What is love for you?” (Siz uchun sevgi nima?) degan savolni anglash mumkin. Bu sevgiga to‘la ehtirosli she’rda tasvir va til vositasida sevgining qanchalik qudratli va jozibali ekanligi tasvirlanadi. Keyingi misolda shoir “Ey dil, oxir kimga bandilik qilding?” savolini o‘ziga bermoqda, aslida, javob aniq. Bu bilan DILning Ollohniki ekanligini uqtirmoqchi. Hech kimga bandi bo‘lmagan, bo‘yin egmagan dil baribir Ollohnikidir. Rauf Parfining: “Hammasini tushunib, anglab turadigan insonga qiyin”, qabilidagi so‘zlari bor edi. “Dillik” bo‘lish ana shunday mashaqqatlardan biridir. Solihlikni bo‘yniga olgan shoir Asqar Mahkam she’riyatida insonning ich-ichiga nazar tashlash bor. Barcha narsaning manzili ham, kushandasi ham insonning dili. Ollohdan so‘rayapmiz, deymizu Olloh bergan ko‘ngil vositasisiz unga yetib bo‘lmaydi. “Ishq” dostonining quyidagi misralarida lirik qahramonning Ollohga murojaatiga guvoh bo‘lamiz:
Yo Rabb!
Bu ko‘zlarning sadolari yorilganda kim tug‘ildi
kim bo‘g‘ildi kimlar o‘ldi pushtaning so‘lu sog‘ida
Mozor... Pushta... Gado... Yolg‘iz gado... Yo Rabb!126
“Ishq” dostonida Ollohga lirik qahramonning murojaatini ko‘p uchratamiz. Chin band bo‘lish, o‘zlikni anglash yo‘lidagi munojotlar pokiza ko‘ngilga oyna tutadi. O‘zini o‘zi so‘roqqa tutish holatini quyidagi misralarda ko‘rishimiz mumkin:
Ey Jon bu vujud ichra na qilding
Ey Jon bu lahm ichra yiqilding
Ey Jon adashib qayga borosan
Ey Jon to‘kilib senki to‘kilding
Ey Jon bu vujud mahbasi ichra
Ey Jon tanaga mahliyo bo‘lding
Ey Jon chiqaring bilmayin oxir
Ey Jon gahi kazzobga yukinding
Ey Jon meni o‘tkinchida ne ayb
Ey Jon yana sen menga o‘kinding
Ey Jon bu vujud ichra na qilding
Kelding – ketasan ayt nima qilding....127
Jon obrazi lirik qahramonning jonsiz suhbatdoshiga aylangan. Qahramon umri davomidagi barcha gunohlarni “jonning” yelkasiga yuklamoqda. Go‘yoki nafs ipining bir uchi “jon”ga bog‘liqdir.
18-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

O Scottish Prince, the heathery air sweetens the night.
Bats hang upside down in the pines like lamps waiting
for light. Ask me, ask me to dance to the skirl o’ the pipes.
All the girls are in dresses. The boys are in kilts,
but no boy’s so fine as the Prince in his tartan pleats.
I wait for a glance from the Prince, for the chance
to prance or flounce by his side, to
bounce hand in hand
down the Gay Gordon line. Och, the
pleasure’s a’ mine128

Oh, Bobur, tilovot qilgil, tavba qil,
kalima keltirgil shahidlar uchun.
Bir banda bo‘lsang-da, bir shoh bo‘lsang-da,
butun xalq sen uchun qon to‘kdi, nechun?!
Oh, Bobur, tilovat qilgil, tavba qil,
izn ber, valiylar Qur’on tushirsin.
Gar podshoh bo‘lsang-da, mirzo bo‘lsang-da,
darvishlar Xudo-chun zikr tushishsin...
Oh, Bobur, tilovat qilgil, tavba qil...129



Kerol Enn Daffi Shotland shahzodasiga atalgan she’rida “O, shotland shahzodasi” deb xitob qiladi. Bu sheʼr 2004-yilda “Eng yaxshi Shotlandiya sheʼrlari” roʻyxatiga kiritilgan. Shoiraning aytishicha, u bu she’rni qizi Ella uchun yozadi, chunki ular Shotlandiyada bo‘lishganida, chiroyli kiyingan mehmonxona egasini 9 yoshli qizi shotland shahzodasi deb o‘ylaydi. Asqar Mahkam “Butun xalq sen uchun qon to‘kdi nechun?!” deya yozilgan misralarda shoir shaxsga sig‘inishni qoralaydi. Asarning butun mazmuniga e’tibor qaratsak, bosh qahramon Bobur bo‘lsa-da mazmun sovetlar qo‘llagan siyosatga qarshi isyonni kuylaydi. Bu misralarda qaysidir ma’noda Boburning fotihlik yurishlarida joni fido bo‘lgan insonlar taqdiriga ham ishorani anglaymiz, haqiqatdan ham shunday bo‘lgan, ammo ibodat, tilovatga berilgan urg‘u sovet davridagi dindan qaytarish, dinni taqiqlash masalalariga borib yetadi. Bunday xulosaga kelishimizga sabab Mirzo Bobur haqidagi tarixiy haqiqatlarni o‘qiganimizda uning xudojo‘y, dinga amal qiluvchi, hatto davlat bosharuvida diniy masalalarni alohida o‘rinda tutganligining guvohi bo‘lamiz.
Ey Yor, cho‘qqi uzra o‘lgan burgutman,
loshimdan-da qo‘rqar o‘laksaxo‘rlar.
Endi Bobur emas, toshdek sukutman,
yo, Arhamarrohim, qayoqda go‘rlar?..
Ey Yor, qarsillagan toshlar ovozi –
daralarga botgan bars panjalari,
Ey Yor, chil-chil ko‘ngil sazosi ozmi,
yana qay bir alam iskanjalari?.. 130
Mirzo Bobur tildan aytilgan yuqoridagi misralarda uning o‘z umriga nazar solgan holatini ko‘ramiz. Lirik qahramonning his-tuyg‘ularini kuchaytirib ifodalash uchun “Ey Yor, chil-chil ko‘ngil sazosi ozmi, yana qay bir alam iskanjalari?” so‘rog‘i berilgan. O‘z yaqin insonlaridan xiyonat ko‘rgan Bobur taqdirida Vatandan ayro yashash, butun umrlik sog‘inch ham yozilgan. Taxt boshqaruvidagi bu kabi ko‘plab ko‘ngilsizliklar ustiga yana turli jabr-u alamlar yetishini Boburning o‘zi-da his qilib yashaydi doim. “Yor” so‘zi vositasida Ollohga murojaat qilgan.
Ritorik murojaatlar insonning noroziligini bayon qilishda ham keng qo‘llanadi. Bu kayfiyat ichdan otilib chiqqan so‘roqlarda anglashiladi. Hissiyotlar gupurishi sababidan sahnabop monologlar paydo bo‘ladi. Zamonaviy dostonlar tarkibidagi lirik monologlar o‘quvchini ham pafosga ko‘mib tashlaydi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling