Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet25/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

When I leave your town and the club that you belong to,
When I leave without much warning or much regret,
Remember, there’s doing wrong and there’s doing wrong to
You, which I’ll never do and I haven’t yet,
And when I have gone, remember that in weighing
Everything up, from love to a cheaper rent,
You were all the reasons I thought of staying,
And none of the reasons why I went
And although I leave your sight and I leave your setting,
And our separation is soon to be a fact,
Though you stand beside what I’m leaving and forgetting,
I'm not leaving you, not if motive makes the act 110.

Bir qarasam, do‘stu yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim yo‘qday.
Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.
Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butkul olam menga torday.
Bir qarasam, murodimga yetgandayman.
Bir qarasam, ko‘zim ochiq ketgandayman.
Bir qarasam, shon shuhratga yo‘g‘rilganman.
Bir qarasam, endigina tug‘ilganman111.



Zamonaviy ingliz she’riyati vakili Sofi Xannaning meditativ lirika namunasi bo‘lgan bu she’rida bir-birini tark etayotgan sevishganlarning his-tuyg‘ulari ifoda etilgan. Lirik qahramon o‘z sevgilisi bilan yashagan vaqtlarida birgalikda qilgan orzulari haqida so‘zlar ekan, ular ushalmaganidan zarracha afsus chekmaydi. Bu G‘arb hayoti, mentalitetiga xos bo‘lib, unda ortiqcha hissiyot, iztirobli holatlar ko‘zga tashlanmaydi. She’rda anafora bo‘lib kelgan “When I Leave” (“qachon men tark etsam”) gapi va “and” (“va”) bog‘lovchisi yuqorida ifoda etilgan poetik fikrni ta’kidlashga xizmat qilgan. Bu bilan shoir sevgi bilan bog‘liq qiyinchiliklar va yo‘qotishlarni ko‘rsatishni ko‘zlagan. She’r mazmunida esa zamonaviy modernizm ohanglari sezilib turadi. Mahzunlik kayfiyati ingan satrlar esa Abdulla Oripov hayotining so‘nggi yillarida yozilgan. “Bir qarasam” gap shaklidagi anafora bo‘lib, bu orqali inson qalbida kechadigan kontrast jarayonlar: ruhiy xotirjamlik va g‘alayonlar aks ettirilgan. Haqiqatan, bir lahzada inson bir necha holatni boshidan kechiradi. Shoir masrur va mahzun damlari haqida yozar ekan, uning ruhiy iztiroblar ichida qolganligini sezish qiyin emas. Inson hayotidan mamnunday, hamma narsasi badasturday ko‘rinsa ham, qalbni ezadigan, uni hazin etadigan nimadirni his etib turadi. Donishmand shoir ana shu ruhiy holatni o‘zi boshidan o‘tkazadi va uni diltortar satrlarga tizadi.
Ma’lumki, she’riyatda takrorning bir qator ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Jumladan, epifora poetik sintaksis unsuri sifatida she’rda muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi.
Epifora poetik sintaksisning kuchaytiruvchi figuralariga kiradi. Bu unsurning she’riyatda o‘z mavqeyi bor. D.Quronovning yozishicha: “Epifora – takrorning xususiy ko‘rinishlaridan biri, she’rdagi bir necha misra oxirida so‘z yoki so‘z iborasining takrorlanishi”112dir. Aslida bu ta’rif mumtoz she’riyatimizdagi radifga muvofiq keladi. Shu jihatdan adabiyotshunos fikrini davom ettirib yozadi: “Muayyan ma’noda epiforaning ko‘rinishi sanalishi mumkin, faqat radifning qofiyadan keyin o‘rin olishi shart. Epiforaga bunday shart qo‘yilmaydi. Shunga qaramay, mumtoz she’riyat an’analarining davomchisi bo‘lgan hozirgi o‘zbek she’riyatida epifora qofiyadan so‘ng keluvchi so‘z (birikma) takrori sifatida kengroq tarqalgan”113. Olim radif bilan epiforaning yana bir nozik farqini ko‘rsatib beradi.
Epiforaning ingliz va o‘zbek she’riyatida ishlatilishiga oid misollarni tahlil qilsak:
13-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

The snail moves like a
Hovercraft, held up by a
Rubber cushion of itself,
Sharing its secret
With the hedgehog. The hedgehog
Shares its secret with no one.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling