Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


If only I had done the things that I


Download 0.93 Mb.
bet22/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

If only I had done the things that I meant
If only I had done the things that I could
And not simply done the things that I should
If only a day had lasted a year
And I had not lived in constant fear.103

Qor yog‘ar – osmonda oqqushlar uchar,
Qor yog‘ar – osmondan oq ukpar tushar
Qor yog‘ar yeru falakni to‘ldirib,
Bizlar ersak issiq uyda o‘ltirib
Tark etolmay xalqimizning odatin
Yozamiz do‘stlarga do‘stlik qor xatin.
Qor xat asli qorday oppoq dil xati,
Oq ko‘ngilning mehri, tafti, hurmati.
Oshinolik, chin vafo izhori ul,
Gohi pinhon sevgining iqrori ul104.


Ingliz tilidagi misolimiz “Mr If only” (“Janob Agar faqat”) deb nomlangan. She’r lirik qahramonning o‘y-fikrlaridan iborat. U o‘z hayotini sarhisob qilar ekan, unda ko‘pgina afsus-nadomatlarni ham ko‘radi. “If only I had done the things that I” (“Agar bu narsalarni men bajarganimda edi”) gapi anafora bo‘lib kelgan. Ta’kidlash kerakki, so‘z yoki bir necha so‘zning anafora bo‘lib kelishi an’anaviy. Biroq gapning takrorlanib kelishi ingliz she’riyati uchun o‘ziga xos hodisa sanaladi. Bundan lirik qahramon o‘tgan hayotidan rozi bo‘lmaganligini tushunish mumkin. Tabiat tasviri yaratilgan o‘zbek tilidagi she’rning dastlabki uch qatorida takrorlangan “qor yog‘ar” anaforasi gap ko‘rinishida bo‘lib, lirik qahramonning zavqu shavqqa to‘la kechinmalarini ifoda etadi. Bunda qor tashbehlari ham ohorli. Osmondan o‘ynab tushayotgan qor uchqunlari oqqushga, oq ukparga o‘xshatilgan. “Ukpar – parranda tanasini qoplab turadigan yumshoq va nafis patni bildiradi”105.
10-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling