Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Oy kezadi ko‘kda kerilib, Oy


Download 0.93 Mb.
bet20/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

Oy kezadi ko‘kda kerilib,
Oy nigohi yerga qadalar.
Oy qo‘shiq kuylar berilib,
Qo‘shiqdirki, tunni parchalar.
Oy kezadi ko‘kda kerilib,
Oy nigohi dengizda – suzar.
Dengiz sekingina chayqalib
Unga to‘lqin raqsini chizar100.



Yuqoridagi ikki misolni tahlil qilsak, Kerol Enn Daffining “Ms.Faust” she’rida boylikka mukkasidan ketgan, shuhrat ortidan quvgan ayolning hayoti haqida yozilgan. Faust xonimning ochko‘zligi doktor Faustning baxtsizligiga sabab ekanligi ifoda etilgan. She’riy hikoya doktor Faustning Faust xonim bilan uchrashgan va shayton bilan kelishuvga erishgan dabdabali hayotidan zavqlana boshlagan payt tasviri bilan boshlanadi. Faust xonim Dr. Faust va o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomobillar, qayiqlar, kompyuterlar va mobil telefonlar kabi narsalarni sanab o‘tadi. 14-misrada shoira bu obyektlarni o‘sha paytda faqat katta miqdordagi pulga sotib olish mumkin bo‘lgan “so‘nggi o‘yinchoqlar” deb ta’riflaydi. Bu doktor Faustning boyligi va mavqeyini ramziy qiladi va bundan tomoshabinlar Faust xonimning boyligi va qudratini namoyish qilayotganini ko‘rishlari mumkin. Boshqa tomondan, ro‘yxat ketma-ketligi texnikasi baland ovozda o‘qilganda tez sur’atni yaratganligi sababli, Kerol Enn Daffi turli talqinlarni nazarda tutadi, degan fikrni ham aytish mumkin. Misol uchun, tez sur’at doktor Faustning shaytonning kuchi orqali xohlagan narsasiga qanchalik tez va oson erishganligini anglatadi. Bundan tashqari, bu doktor Faustning hayoti qanchalik tez o‘tganini, oxir-oqibatda haqiqatan ham qimmatli narsa qolmaganligini ko‘rsatadi. Bu hayotiy she’rda “We” (“biz”) ingliz tilidagi kishilik olmoshi bo‘lib, anafora vazifasida kelgan. Ikrom Otamurod bunda “oy” so‘zining misra boshidagi takrori ikkita banddagi besh misrada kuzatiladi. Peyzaj lirikasi namunasi bo‘lgan bu satrlarda oyning tunda osmonga chiqish holati poetik ifoda etilgan. Bunda tashxis – oyning ko‘kda kerilib kezishi, nigohining yerga qadalishi, berilib qo‘shiq kuylashi singari holatlarda o‘zi aksini topgan. Oyning qorong‘u tunni yoritishi esa parchalamoq fe’li orqali ifoda etilgan. Keyingi bandda ham shu fikr davom ettiriladi: bunda tamsil qo‘llangan. Ma’lumki, oyning aksi suvda ko‘rinadi. Mazkur hayotiy holat oyning dengizda suzishi orqali berilgan. Demak, “oy” so‘zining anafora bo‘lib kelishi tabiatning go‘zal manzarasini ta’sirchan ifodalashga ko‘mak bergan. Qolaversa, hayotiy hodisa – manzara badiiy obrazlarga ko‘chgan.
8-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling