Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
No one leaves home unless
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
Yuqoridagi Varsan Shirning “Home” (“Uy”) she’ri qochoqlar taqdiriga bag‘ishlangan. Unda “home” (“uy”) so‘zi tez-tez takrorlanadi. Bu so‘zning takror kelishi qochoqlarning o‘z vataniga bo‘lgan muhabbatini ifodalashga xizmat qilgan. Shu bilan birga, mazkur takror ularni o‘z mamlakatining xavf-xatarlari va qochishga majbur etgan jamiyatga ham ishora qiladi. Bundan tashqari, she’rning keyingi bandlarida “no one leaves home” (“uydan hech kim chiqmaydi”) gapi takror kelgan. She’rdagi asosiy mavzusi qochqinlik qismati, azoblari, immigratsiya, irqchilik kabilar tasvirini o‘z ichiga oladi. Voqeabandlik asosiga qurilgan bu she’rda Shir qochqinlarining boshdan kechirganlari ta’sirchan ifoda etilgan. She’rda “uy” Vatan timsolini bildirib keladi. Shoira uni xavfsizlik va farovonlik makoni emas, balki yovuzlik maskani sifatida ifoda etadi. U, shuningdek, qochqinlarning parvoz paytidagi holatlarini tasvirlar ekan, “mouth of a shark” (“akula og‘zi”) va “barrel of a gun” (“qurol barreli”) singari metaforalarni qo‘llaydi. Ular xavf va o‘limni anglatadi. Vatan ta’riflangan yuqoridagi satrlar esa yurtsevarlik ruhi bilan sug‘orilgan. “Yurt bukun” birikmasida ikki mustaqil so‘z yonma-yon kelgan. Istiqlol quyoshidan nurlangan Vatan karvon boshidagi norga qiyoslangan, Sharq ichra betakror diyorga, ishvakor ohuga, poydor Pomir tog‘iga o‘xshatilgan. Bu uning muazzamligi va ulug‘vorligini bildirib turadi. Shu poetik mazmunni ifodalashda anafora ta’sirchan vosita vazifasini bajargan. 11-misol.
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling