Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 0.93 Mb.
bet26/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1613174
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
latinskiy dissertatsiya222

We say, Hedgehog, come out
Of yourself and we will love you.
We mean no harm. We want
Only to listen to what
You have to say. We want
Your answers to our questions.114

Oltin oyga olma otar Oybodom
Oybotarda yig‘lab yotar Oybodom.
Oyqizlarning oyparisi Oybodom,
Kunbotardan kuyib o‘tar Oybodom115.

Pol Maldunning “The Hedgehog” (“Tipratikan”) she’ri hayotiy fikrlarga boy. Undagi lirik obraz tipratikandir. U hech kimga ozor bermaydi, qochmaydi, sirini aytmaydi. Tipratikan sokin, u bir maromda yuradi. Shu bilan birga, she’rda uning beqaror tabiati ifoda etilgan. Bunda she’rdagi hedgehog, to, we leksik takrorlar qo‘llangan. Bundan tashqari, “a” noaniq artikli qo‘shni satrlarda epifora tarzida kelgan. She’rda insoniyat va kirpi o‘rtasidagi suhbat ahamiyatli. Unda “Biz aytamiz, kirpi, o‘zingdan chiq va biz seni sevamiz” degan chorlovlar bor. Bunda tipratikanning so‘zlashi intoqdir. Shu bilan birga ilon bilan ham qiyoslangan. Ikkinchi misoldagi qofiyadan keyin Oybodom so‘zining takrorlanishi epifora bo‘lib, u joylashish o‘rni jihatidan radifga o‘xshaydi. Biroq radif butun she’r davomida takrorlansa, bu she’rda takror bir band davomidagina kuzatiladi. Shunga ko‘ra, uni radif emas, epifora deb hisoblash to‘g‘riroqdir”116. Ko‘rinadiki, epifora ham misra so‘nggida aynan takrorlanuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi. U radifdan ikki xususiyatiga ko‘ra tafovut qiladi: 1.Radif qofiyadan keyin aynan takrorlansa, epiforaga bunday talab qo‘yilmaydi. Binobarin, mumtoz she’riyatdagi tuyuqlarni bunga misol qilish mumkin. 2.Radif she’rning barcha bandlarida takrorlansa, epifora muayyan bandlardagina keladi. Shu jihatdan yangi o‘zbek she’riyatida epiforaning yaxshi namunalari uchraydi. Bu E.Vohidov, A.Oripov, U.Azim she’rlarida yorqin kuzatiladi.
14-misol.

Ingliz tilida

O‘zbek tilida

Please hold. Please grow old. Please grow cold.
Please do what you’re told. Grow old. Grow cold.
This is the future. Please hold117.

Sen borsanki, keng vohada hayot bor,
Demak yurtning labida bol, nabot bor,
Senda elim sabotidek sabot bor,
Sobit bo‘lgin, Onasoydan najot bor,
Oqib turgin, qurib qolma, onajon.
Men bolangman, nido bo‘lay sen uchun,
Bir jilg‘adek davo bo‘lay sen uchun,
Kerak bo‘lsa fido bo‘lay sen uchun,
Mayliga, men ado bo‘lay sen uchun,
Oqib turgin, qurib qolma, onajon.118

Siaran O’Driskollning “Please Hold” (“Iltimos, ushlab turing”) she’ri 52 qatorli, ikki bandli she’r bo‘lib, u turli bo‘g‘inli misralardan va takror so‘zlardan tuzilgan. She’rda telefon qo‘ng‘irog‘ini ushlab turish haqida fikr yuritiladi. Unda avtomatlashtirish, telefon tizimidagi qusurlar ifoda etilgan dialoglar orqali ochib berilgan. She’rda tanqidiy ruh ustunlik qiladi. Shu jihatdan uni hajviy she’r deyish mumkin. “grow old” va “grow cold” so‘zlari misra davomida almashib takrorlanadi. Bu she’rda yoqimli ritm yaratadi. Shoir zamonaviy hayot asosini avtomatlashtirilgan tizim tashkil etishi haqida fikr yuritar ekan, telefonning inson ma’naviy, iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sirini ochib beradi. Darhaqiqat, robot javobni kutayotgan mijozga “iltimos, ushlab turing” deydi. Bu esa insonning vaqt yo‘qotishidan tashqari, qo‘shimcha pul to‘lashiga ham sabab bo‘ladi. Erkin Vohidovning “Sirdaryo o‘lani” she’ridan olingan yuqoridagi satrlarda qo‘llangan takror bitta jihatiga: she’rning muayyan bandlarida turli so‘zning takrorlanishiga ko‘ra epiforaga kiradi. Dastlabki banddagi misralar oxirida aynan kelgan “bor” so‘zi mavjudlik ma’nosini bildiradi. Shu bilan birga shoir Sirdaryoga muazzam Vatanning bir bo‘lagi sifatida qaraydi. Ya’ni Sirdaryo keng vohadagi hayot, yurtning labidagi bol, nabot; el sabotidek sabot sifatida tashbehlanadi. “Bor” so‘zi ana shu poetik mazmunni ta’sirchan ifodalashga; shoirning vatanparvarlik, yurtsevarlik tuyg‘ularini yorqin aks ettirishga xizmat qilgan. Keyingi bandda keladigan “bo’lay sen uchun” so‘zi esa bu mazmunni kuchaytirgan. Vataniga fidoyi farzandning qaynoq muhabbati aks etgan keyingi satrlarda bu iliq tuyg‘u “bo’lay sen uchun” epiforasi orqali she’rxonga yetkazilgan. Zero, yurtsevar farzand unga obihayot berayotgan azim daryoni hamisha oqib turishini, vatanni yashnatishini yurakdan istaydi.
15-misol.

Ingliz tilida

Ozbek tilida

I will be good, be good.
I’ll sleep in my blankets of mud
till you kneel above.
Make me your love.
I’ll stay forever, forever.
I’ll wade in the river,
wearing my gown of stone.
make me the one.
I will obey, obey.
I’ll float far away,
gargling my vows.
Make me your spouse.119

Qarashingda umid bordir, vido bordir.
Baxtli, badbaxt jo bo‘lguvchi dunyo bordir,
Qo‘rqma, senga meningdek bir fido bordir,
Garchi sevgi ikkimizga zaharlidir.120
Seni desam yuragimda
ochilar gullar,
Yomg‘ir bo‘lib samolardan
sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan
sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Ватан!121



Kerol Enn Daffining “Betrothal” (“Unashtiruv”) har bir bandning birinchi satrida shoira ayolning fazilatlarini takidlash maqsadida be brave” (“jasur bo’l”) so‘zini takror qo‘llaydi. Lirik qahramon – ayol agar sevgiga loyiq topilsa yaxshi bo‘lishini aytadi. Shu fikrni tasirchan ifodalash maqsadida shoira “be good”(yaxshi bol) takrorini ishlatadi. U sadoqatli, sevgilisining yonida bir umr qolishga tayyor, Shu kechinmalarni shoir “forever, forever” (“har doim”) ravishini takrorlash orqali ifoda etadi. Lirik qahramon muhabbatga loyiq topilsa, oshiqqa bir umr egilishga rozi. Bu ruhiy holat esa “obey, obey” (bo‘ysunish) felini takrorlash orqali berilgan. Istiqlol davri o‘zbek she’riyati nazardan o‘tkazilsa, U.Azim va I.Mirzo singari shoirlar ham epiforani poetik fikrni ta’sirchan ifodalash, ta’kidlash mazmunida qo‘llaganliklari ayonlashadi. Muhabbat haqidagi bu she’rning birinchi va uchinchi misralarida takrorlangan “bordir” modal so‘zi epifora bo‘lib kelgan va ko‘proq poetik fikrni tasdiqlash ma’nosini bildirgan. Iqbol Mirzo ijodidan olingan ikkinchi misolda qo‘llangan “gullar”so‘zi vatansevar shoirning ko‘tarinki kayfiyatini ifodalab kelgan. Binobarin, vatan shunday betakror tuyg‘uki, u haqda o‘ylaganda lirik qahramon qalbi shodlikka to‘ladi: yuragida gullar ochiladi, samolardan yomg‘ir bo‘lib sochiladi. Shuning uchun shoir Vatanni “yuragimning guli” deya tashbehlaydi.
Demak, zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida qo‘llangan anaforalar va epiforalar tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Birinchidan, anafora poetik sintaksisning kuchaytiruvchi figurasi bo‘lib, zamonaviy o‘zbek she’riyatida uning leksik va sintaktik ko‘rinishlari mavjudligi kuzatiladi. Zamonaviy ingliz shoiri Brayan Patten ijodida, ayniqsa, muhabbat lirikasida anafora turli badiiy vazifalarni bajarib kelgan. Jumladan, bu orqali muhabbatning kuchiga katta baho berilgan. Anafora inversiya uchun ham asos bo‘lgan. Sheriyatda so‘z yoki bir necha so‘zning misralar boshida takrorlanib kelishi ananaviylik kasb etgan. Brayan Pattenda esa gapning takrorlanib kelishi o‘ziga xos yangilik hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, shoir she’riyatiga xos romantizmni kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Anafora tasvir obyektini ta’kidlash, iliq tuyg‘ularni ta’sirchan ifodalash, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u tuyg‘ularini aks ettirish kabi badiiy vazifalarni bajarib keladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling