Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 0.93 Mb.
|
latinskiy dissertatsiya222
19-misol.
Ingliz shoiri Ren Sturjisning “Nega qorong‘ulik?” she’rida insoniyatning nega meni qorong‘ulik ta’qib qilaveradi deb dengiz va shamoldan so‘ragani tasvirlangan. Izg‘irin esa “qalbingga yorug‘lik kirishishiga yo‘l qo‘yib ber, shunda qorong‘ulik seni tark etadi” deb javob beradi. Insoniyat ojiz qolganida atrofidagi barcha narsalardan najot izlashi tasvirlangan. Ikrom Otamurod satrlarida estetik ta’sirdorlik kuchli ekanligini kuzatish mumkin. Yuqoridagi dostonda ham ijtimoiy muhit tasviri ramziy obrazlarda aks etgan. Izg‘irinning ayovsiz ekanligi albatta lirik qahramonga ayon, ammo umr yo‘llarida hayotning beshafqat kechishi insonni har narsadan javob talab qilishga undaydi. Dostonning quyidagi misralarida ham oqibatning oxiri qabohat, ijobatning so‘nggi kasoratga qolgani sababi hayqirib so‘raladi: ...Odamzotni qayerlardan olib o‘tding, YO‘L? Odamzotni qayerlarda olib qolding, YO‘L? Odamzotni qayerlarga olib kelding, YO‘L? Odamzotni qayerlarga olib ketding, YO‘L? Muruvvating nadur, Xusumating nadur? Oqibating nadur, Qabohating nadur? Ijobating nadur, Kasorating nadur? Ilg‘ab, ilg‘amay tizginingda yurur, odamzot...133 So‘roqlar dilga yog‘ilaveradi, javobi esa noma’lum yoki har bir inson o‘z dilidan xohlagancha javob oladi. Ayni badiiy na’munalarda ham mumtoz ohanglardan foydalangan satrlarni o‘qiganimizda beixtiyor Mashrabona misralar esga keladi: ... – Dunyo, umid qandayin asror? – Dilingdan so‘r, dilingdan. – Dunyo, umid qandayin zarra? Dilingdan so‘r, dilingdan.134 Misralarda takror va ritorik murojaat orqali ma’no kuchaytirilgan. Darhaqiqat,bu dunyoda hech qachon o‘lmaydigan narsa umiddir. 20-misol.
Kerol Enn Daffining “Sevgi she’ri”da shoir “how like you this?” ritorik so‘roq gapi va “O my America!” undalmali gaplari ishlatilgan va vatanga bo‘lgan sevgi, hayotga bo‘lgan sevgi tasvirlangan. Abdulla Oripovning yuqoridagi mashhur she’ri boshdan oyoq ritorik so‘roqlardan iborat. Inson yaralibdiki, qismatning sirini anglashga intiladi. “Qanday chiday olgan ekan odamzod” misralarida ham Ollohga murojaat aks etadi. Buning javobi esa Olloh taqdir qilganiga ko‘nikib yashash buyurilgani sababdir. Shoir Vatanga muhabbatning sababini dilidan izlaydi. Zero haqiqiy sevgi dilda yaraladi. Ta’kidlangan har bir so‘roqqa o‘quvchi “men” deb javob bergisi keladi. She’rning jo‘shqinligini ta’minlagan yuqoridagi misralar hissiyotni ham alangalatib yuboradi. Vatandan uzoqdagi kishining bag‘riga quyosh hech qachon o‘z Vatanidagidek to‘lmaydi, mevasida boli bo‘lsa ham Yurt bog‘idagi nordon mevachalik bo‘lolmaydi, toki o‘zi yaratilgan vatan tuprog‘iga qaytmas ekan, dili Vatani tuprog‘i hidini qo‘msayveradi. Ritorik so‘roqlar she’riyatda mumtoz adabiyot namunalarini bezab turgan tajohuli orif (bilib turib bilmaslikka olish) san’atiga o‘xshab ketadi. Bu badiiy san’at orqali ayniqsa g‘azal janri yanada go‘zallashgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zamonaviy adabiyotda ham shoirlar bu janrda ijod qilishganda shu tasviriy ifodadan ko‘plab foydalanadilar. Kerol Enn Daffi va Abdulla Oripovning yuqoridagi misralarida butun insoniyatga murojaat qilinadi. Quyosh ramzi vositasida haqiqat, adolat obrazlari gavdalanadi. Inson ham arslonday to‘g‘ri yo‘ldan yurib faqatgina o‘zining zo‘rligiga ishonib, o‘z kuniga o‘zi yiqilib turganda edi, o‘z haqiqatini ham isbotlay olardi. Hayvonot olamida turli jonzotlar yashaydi, lekin bir-birovining kuniga birovi osilmaydi. Inson zoti bir-biridan madad kutishga o‘rganib qolgan. Kichiklarining kattalaridan tili qisiq, birov birovidan qarz, birov birovining oldida muttaham. Shuning uchun ham haqiqat doimo ichida qolib ketadi. Insoniyat bir-birining qadriga ham kech yetadi. Balki, bu vaqtida anglanmagan haqiqatlar tufaylidir?! Abdulla Oripovning quyidagi falsafiy she’rida ham qadr topmagan farzandlar qadri “Buyuk Sharqdan” isyon ila so‘ralmoqda: Ushoqqina odamman, jussam otamdan hadya, Lekin mayda hislarni yoqtirmas aslo jinim. O, buyuk Sharq, buyuk Sharq, sening shavkating deya Ne buyuk farzandlaring zahmat chekkan betinim. Qayda ular? Qaysi bir puchmoqlarda benishon... Afsuski, o‘z qadrini bilmas doim odamzod. Bu kun Abu Rayhonga ta’zimda ekan jahon Bu – buyuk bobomizga zamonadan bir imdod138. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ritorik murojaatlar orqali ijodkor o‘zi anglagan haqiqatlarini jamiyatdan bemalol so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu tariqa o‘quvchi ham bu savollarni o‘z-o‘ziga bera boshlaydi. Bu badiiy vositaning yana bir ustunlik tarafi ta’sirdorlikni oshiribgina qolmay, har kishini diliga bir nazar tashlashga majbur qiladi va shunda adabiyotning tarbiyaviylik funksiyasi ham ro‘yobga chiqadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling